Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Mirakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mirakiy (XV asr) – sherozlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning sayohat uchun Xurosonga kelgani, bir oz muddat turib, yana qaytib ketgani, bir oz “xom tabʼroq” yigitligini taʼkidlab, oʻz ustida ishlasa, biror natijaga erishishi mumkinligiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Jono, mabosh dar pai ozoru kin hama,

K-in olami xarob nayarzad bad-in hama.

(Mazmuni: Ey jonon, hammaga ozor berish va adovat qilish payida boʻlma, chunki bu xarob boʻlgan olam bularning hech biriga arzimaydi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.