Mavlono Mo'miniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Moʻminiy (XV asr) – samarqandlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Xalosiya” xonaqohida tahsil olishi, muloyim taʼbga ega ekani, ismi Abdulmoʻmin boʻlganligi uchun shunday taxallus bilan ijod qilishini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Bikusho dahanki, noʻshi laboʻ noʻshxand ham,

To qiymati shakkar shikani, narxi qand ham.

(Mazmuni: Ogʻzingni ochgil, shirin labingdan shirin kulgingni koʻrsatib shakarning qiymatini, qandning narxini tushirgil)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.