Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Moniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Moniy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiyning maʼlumot berishicha, Mavlono Moniy nihoyatda sohibjamol, chiroyli husnixat va goʻzal nutqqa ega yigit boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Chu dar sahroi gʻam devonason bo xud fitad changam,

Gahe dar changam aftad sangu gah sang aftad az changam.

(Mazmuni: Gʻam sahrosida devonavor oʻzim bilan oʻzim jang qilaman. Goh toshni changallayman, goh tosh changalimdan tushib ketadi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.