Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Mu'iniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mu'iniy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan sherozlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning Sheroz shahridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Az sad suxan ba hiyla yake goʻsh mekuni,

On ham naguftaam ki faromush mekuni.

(Mazmuni: Hiyla bilan yuzta soʻzdan bittasiga quloq solasan, uni ham aytmasimdan burun esingdan chiqarib yuborasan)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.