Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Muhammad Muammoiy II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muhammad Muammoiy II (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “zarif kishi” (nozik tabʼ egasi) ekani, Hirot ahli uni “Piri Muammoiy” deb atashi, oʻsha davrdagi muammogoʻylar uning shogirdlari ekanligi, Xusrav Dehlaviyning barcha sheʼr va risolalarini alohida jamlab, toʻplam qilganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning “Yusuf” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.