Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Muhammad Xurosoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muhammad Xurosoniy (XV asr) – xurosonlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning beparvo va tanbalroq kishi ekanligini aytib, Mavlono Muhammad Tabodgoniy xizmatida boʻlganligi, tavba qilib soʻfiylik yoʻliga kirganligi va haj safarini piyoda ado etganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi ruboiysi keltirilgan:

Yak chand zi doʻston judo xoham bud,

Bo mehnatu dard mubtalo xoham bud.

To yor nasozad oshnoii xesham,

Begona zi xeshu oshno xoham bud.

(Mazmuni: Bir muddat doʻstlardan judo boʻlgan edim, mashaqqat va dardga mubtalo boʻlgan edim. Agar yor men bilan oshnolik qilmasa, qarindosh va oshnolardan begona boʻlardim)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.