Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Muqbiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muqbiliy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushsuhbat va donishmand kishi ekani, majlislarda koʻp masal va naziralar aytishini taʼkidlaydi va quyidagi baytini keltiradi:

Muhtasib meguft di az roʻi hol

Boda arzon shud, kujoi zar halol.

(Mazmuni: Kecha muhtasib hol soʻrab derdi: may arzon boʻldi, puli halollar qaydasiz?)[1][2]

Shuningdek, “Majolis un-nafois”da Mavlono Muqbiliyning oyogʻidagi xastalik tufayli oqsoq boʻlib qolgani haqida ham maʼlumot berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy:Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.