Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Mushrifiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mushrifiy (XV asr) –fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qushxona mushrifi (boshqaruvchisi) boʻlganligi uchun oʻziga shunday taxallus tanlaganligi, kotiblikdan ham xabardor ekanligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Gavhari ashk nisori rahi yore kardam.

Shodam az oshiqii xesh, ki kore kardam.

(Mazmuni: Koʻz yoshim gavharlarini yor yoʻliga sochdim. Oshiq boʻlganim uchun shodman, xoʻb ish qilganman!)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.