Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Najmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Najmiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning toʻquvchilik bilan shugʻullanishini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Saram on behki, zi savdoi tu dar po boshad,

Chun nadidam sari onatki, sarrimo boshad.

(Mazmuni: Ishqing savdosidan boshim oyoq ostida boʻlgani yaxshiroq. Chunki boshingni koʻrmasimdanoq hamma yoq qishga aylandi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.