Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Nodiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Nodiriy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan marvlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oʻziga xos uslubda sheʼr aytishga harakat qilgani, lekin dangasaligi tufayli muvaffaqiyatga erisha olmagani, bir muddat oʻzi bilan musohib boʻlganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi matlaʼsi keltirilgan:

Ba sang narm kun, ey charx, ustuxoni maro,

Mabodo raxna kunad tigʻi dilsitoni maro.

(Mazmuni: Ey falak, suyaklarimni tosh bilan yumshatgil, toki (u) koʻngil oluvchimning tigʻini oʻtmas qilib qoʻymasin)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.