Mavlono Shamsiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Shamsiy (15 asr) – badaxshonlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy garchi uni koʻrmagan boʻlsa-da, lekin taʼrifini Mavlono Muhammad Badaxshiydan eshitganligini, bu taʼrifga koʻra Mavlono Shamsiy shoʻx taʼbli shoir ekanligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Chashmoni man ba roʻyat dar oshiqi chunonand,
K-az rashk yak digarro didan nametavonand.
(Mazmuni: Yuzingga oshiqlikda koʻzlarim shu darajaga yetganki, rashkdan bir-birini koʻra olmaydilar)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |