Mavlono Xalaf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Xalaf (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan tabrizlik shoir va shayxzoda. Alisher Navoiy uning xush xulqliligi, elga maqbul yigit ekani, tahsil uchun Hirotga kelganligi haqida maʼlumot beradi. Mavlono Xalaf shahzoda Badiuzzamonga mulozim va musohiblik qilgan, yaxshi sheʼriy tabʼga ega boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning “Iydiy” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.