Maxarbek Xadartsev
Maharbek Xazbiyevich Xadartsev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Хæдæрцаты Хазбийы фырт Махарбек |
Fuqaroligi | / / |
Tavallud sanasi |
1964-yil 2-oktyabr Suadag, Alagir tumani, Shimoliy Osetiya ASSR, RSFSR, SSSR |
Boʻyi | 180 sm |
Vazni | 90 kg. gacha |
Sport | |
Qaysi sport | kurash |
Klubi | Dinamo (Toshkent) |
Medallar | |
Olimpiya oʻyinlari Seaul 1988 Barselona 1992 Atlanta 1996 Yaxshi niyat oʻyinlari Moskva 1986 Jahon chempionati x5 Budapesht 1986, Klermon-Ferran 1987, Martini 1989, Tokio 1990, Varna 1991 x2 Istanbul 1994, Atlanta 1995 Toronto 1993 Yebropa chempionati x5 Veliko Tarnovo 1987, Manchester 1988, Aqara 1989, Shtutgart 1991, Fribur 1995 |
Maxarbek Xazbiyevich Xadartsev (oset. Хæдæрцаты Махарбек фырт Хазби; 1964-yil 2-oktyabrda tugʻilgan, Suadag, Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) — sovet, rus va oʻzbek erkin kurashchisi, ikki karra Olimpiya chempioni, besh karra jahon chempioni, besh karra Yevropa chempioni, SSSRning koʻp karra chempioni hisoblanadi. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1986). Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1998), ASSR Sibir boʻlimida xizmat koʻrsatgan jismoniy madaniyat xodimi (1990).
Tadbirkor, „Yagona Rossiya“ fraksiyasidan VI-chaqiriq Davlat Dumasi deputati (2011-yil 21-dekabrdan). Uylangan, oʻn nafar farzandi bor.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yildan 1995-yilgacha ketma-ket 8 ta jahon chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallab, shu vaqt ichida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
1994 va 1995-yillardagi jahon chempionatlarida, shuningdek, 1996-yilda Atlantadagi Olimpiadada Xadartsev eronlik kurashchi Rasul Xademdan keyin ikkinchi oʻrinda qolgan.
1995—1999-yillarda Xadartsev Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi parlamenti a’zosi boʻlgan.
2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Olimpiadada katta sportga qaytgan 35 yoshli Maxarbek Rossiya terma jamoasiga kira olmadi va Oʻzbekiston bayrogʻi ostida ringga chiqdi, ammo 85 kilogramm vazn toifasida atigi 14-oʻrinni egalladi.
1993-yildan „Daryal“ pivo-alkogolsiz zavod bosh direktori hisoblanadi. Vladikavkazda yyashaydi, shuningdek, „Verxniy Fiagdon“ qishlogʻida katta dala hovlisi bor.
Maxarbekning katta akasi Aslan Xadartsev (1961-1990) ham kurash bilan shugʻullangan, SSSR terma jamoasi a’zosi boʻlgan, uch karra jahon chempioni, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy boʻlgan. 1990-yilning yozida avtohalokatda vafot etgan[1][2].
Maxarbekning katta akasi Aslan Xadartsev (1961-1990) ham kurash bilan shugʻullangan, SSSR terma jamoasi a’zosi boʻlgan, uch karra jahon chempioni, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy boʻlgan. 1990-yilning yozida avtohalokatda vafot etgan
2014-yil 29-sentyabrda Maxarbek Xadartsev Vladikavkaz shahri meri etib saylangan.
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxarbek Xadartsev Olimpiada oʻyinlarida 4 marta, barchasida turli bayroqlar ostida qatnashgan: Seul-1988 — SSSR bayrogʻi, Barselona-1992 — Birlashgan terma jamoaning Olimpiya bayrogʻi, Atlanta-1996 —Rossiya bayrogʻi, Sidney-2000 — Oʻzbekiston bayrogʻi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maharbek Xadartsev ossetians.com saytida
- Хадарцев, Махарбек Хазбиевич
- Maharbek Xadartsev Rossiya kurash federatsiyasi saytida (Wayback Machine saytida 2010-06-09 sanasida arxivlangan)
- “Daryal” OAJ sayti
- Xadartsev, Maharbek Xazbievich // Davlat Dumasi deputatining rasmiy sahifasi