Kontent qismiga oʻtish

Mayda gulli oksitropis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mayda gulli oksitropis
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Burchoqdoshlar
Urugʻ: Oxýtropis
Turlari: Mayda gulli oksitropis
Xalqaro ilmiy nomi
Oxytropis tyttantha (Gontsch.)

Mayda gulli oksitropis [1] ( lotincha: Oxytropis tyttantha ) — dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub ikki pallali oksitropis o‘simliklar turi. Birinchi marta rossiyalik botanik Nikolay Fedorovich Goncharov tomonidan ifodalangan[2][3] .

Tarqalishi va o‘sish joyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu o‘simlik turi O‘zbekiston janubidagi endemik, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan topilgan[4]. Hisor tizmasi va Qashqadaryo, Sangardak, To‘palang daryolari havzalarida uchraydi.

Tog‘ning o‘rta va yuqori qismlaridagi toshli va mayda tuproqli yonbag‘irlarda, yuzasi ochilib qolgan qizil tuproqlarda o‘sadi[5].

Botanik tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyoshsevar [1] ko‘p yillik mazkur o‘simlikning balandligi 10-12 sm[4][5].


Bu o‘simlikning poyasi yo‘q. Barglari murakkab, oval yoki cho‘zinchoq bo‘lib, 15-25 juft dag‘al gulbargchalardan iborat, keng ovalsimon yoki uzunchoq tuxumsimon shaklda uchraydi[5] .

Uning gulpopuklari deyarli yumaloq yoki tuxumsimon uzunchoq bo‘lib, har birida 10-15 ta gulchalari bor. Gulpopugi kalta, zich, tuxumsimon yoki yumaloq, uzunligi 1,5–2 sm, eni 1–1,5 sm, 10–15 gulli. Kosachasi qo‘ng‘iroq yoki naysimon qo‘ng‘iroq, uzunligi 5 mm, dag‘al yarim yotiq tukli. Dukkagining bandi 2 mm atrofida cho‘zinchoq yashil yoki qo‘ng‘ir tusda,, uzunligi 10–15 mm, tumshuqchasi 2–3 mm uzunlikda, sal egilgan, bigizsimon. Avgust-sentyabr oylarida gullab, mevasi sentyabr oyida yetiladi[6].

Dekorativ o‘simlik sifatida yetishtiriladi[1] .

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan[1][5] .

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Остролодочник мелкоцветковый - Oxytropis tyttantha - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  2. Oxytropis tyttantha Gontsch. — The Plant List[sayt ishlamaydi]
  3. Tropicos | Name - Oxytropis tyttantha Gontsch
  4. 4,0 4,1 „Oxytropis tyttantha - ILDIS LegumeWeb“. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Архивированная копия“. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  6. Redbook.uz. „МАЙДА ГУЛЛИ ОКСИТРОПИС“. 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.