Kontent qismiga oʻtish

Mycroft Holmes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maykroft Xolmsdan yoʻnaltirildi)
Maykroft Xolms
inglizcha: Mycroft Holmes
Portret
(Sidney Peyjet tomonidan Strand Magazine nashriyoti uchun maxsus chizilgan tasvir mana shunday aks etgan.)
Ijodkor: Artur Konan Doyl
Asarlari: Toʻrtlar belgisi, Baskervillar iti, Skarletdagi tadqiqot
Birinchi tilga olinishi: Tarjimon bilan boʻlgan voqea
Jinsi: erkak
Millati: ingliz
Irqi: Yevropoid
Oilasi: Sherlok Xolmsning akasi
Farzandlari: yoʻq
Laqabi: Yoqimtoy Maykroft (Uni Sherlok Xolms shunday ataydi)
Unvoni: Britaniya hokimiyatidagi rasmiy shaxs
Vazifasi: Maxfiy xizmat vakili
Vikiombori Vikiombordagi fayllar

Maykroft Xolms (inglizcha: Mycroft Holmes) — Artur Konan Doyl qissallarida keltirilgan betakror qiyofalardan biri. U uzquvar detektiv Sherlok Xolmsning akasi boʻlib, yoshi jihatidan yetti yilga Xolmsdan farq qiladi. Ular orasida doimiy kelishmovchiliklar tez-tez boʻlib turgani bois, bu vaziyat ularga oddiydek tuyulardi. Bu shaxs Doylning 4ta hikoyasida paydo boʻla boshlagan: «Tarjimon bilan boʻlgan voqea» (birinchi paydo boʻlishi), «Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi», «Boʻsh uy», «Bryus-Partington chizmalari».

«Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida keltirilishicha, 1895-yilning noyabrida boʻlgan hodisada Maykroft Xolms mana bunday taʼriflanadi:


Yugʻon boʻyinli va jismoniy tetik koʻringan ushbu kamtarin taʼna betakror aql sohibi boʻlgan boshni koʻtarib turar edi. Uning serqirra qobiliyati chimirilgan qoshi ostida yonib turgan koʻzlarni va ogʻzi atrofidagi ajirlarni berkitib turardi. Uning qiyofasiga nazar solinganida bir qarashdayoq yuksak intelekt sohibi ekanligini sezib olish qiyin emas edi.

Maykroft ukasiga nisbatan ancha aqlli inson boʻladi. Britaniya Mudofa vazirligida ishlaydi. Xolms Vatsonga avvaliga uni yaxshi bilmaganligi uchun akasini mudofa vazirligida moliyaviy hisobotlar bilan ishlashini aytadi. Sherlok aynan «Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida Dr. Vatsonga Maykroft haqida ushbu soʻzlarni aytadi:


U Britaniya hukumatiga hizmat qiladi. Maykroft yiliga 450 funt maosh oladi, lekin boʻysinuvchi qatlamda, u mansabparastlikni yoqtirmaydi shuning uchun ham baʼzi bir unvonu mansablarni taklif qilishganida rad etgan. Aslida esa, u Angliyadagi eng mustaqil odamdir. Koʻrdingizmi, unda oʻzgacha qobiliyat va u buni oʻzi uchun oʻzi yaratdi. Uning qoʻliga depatrtamentning barcha qarorlari, xulosalari kelib tushadi, ha u oʻsha markaz huddi palatalarda hisobot yigʻiladigan joyga oʻxshab. Uning miyasida barchasi tartib bilan joylashgan va har lahzada oshkor boʻlishi mumkin. Uning biron bir soʻzi davlat siyosatini hal qilmaganini bilmayman, u oʻsha muhitda yashaydi va uning barcha fikrlari ular bilan hamohang.


Sherlok Xolms Maykroftning sohasi «barcha narsani bilish» ekanligiga doim shama qiladi. Sherlokdagi kabi, Maykroft ham «deduksiya nazariyasi»ni aʼlo darajada oʻzlashtiradi, lekin bu qobiliyatni kursida oʻtirish uchun sarflamaydi. Maykroftning bu harakteri borasida Sherlok mana bu soʻzlarni aytgan: «Agarda izquvar hayotidagi sanaʼt boshlanishi va tugashi shu kresloda aks etganida edi, mening akam Maykroft jinoiy ishlarni fosh etish borasida dunyodagi eng yaxshi arbob boʻlar edi. Lekin unda koʻngilchanlik va energiya yetishmaydi.» Maykroft Londonning eng nufuzli odamlari birlashgan jamiyat «Diogen» Uaythollni aʼzosi boʻladi. Sherlok bilan juda ham kam muomalada boʻladi: «Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida Maykroft 10 yildan beri ukasi Sherlok yashayotgan Beyker-Stritdagi uyga bor-yoʻgʻi bir marotiba kelgan. Maykroft Sherlokni «yosh bola» desa, izquvar akasini «yoqimtoy Maykroft» deb ataydi.