Kontent qismiga oʻtish

Professor Moriarti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Professor Jeyms Moriarti
inglizcha: James Moriarti
Portret
Ijodkor: Artur Konan Doyl
Birinchi tilga olinishi: Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi
Jinsi: erkak
Millati: ingliz
Irqi: Yevropoid
Vazifasi: jinoyatchi
Vikiombori Vikiombordagi fayllar

Professor Jeyms Moriarti (inglizcha: Professor James Moriarty) — Artur Konan Doyl tomonidan xayoliy yaratilgan boʻlib, kuchli kriminal tashkilot rahbari hamda kriminal olamida dohiy sifatida tanilgan shaxs. Doktor Vatson Reyhnbah sharsharasidagi hodisadan soʻng Moriarti Sherlok Xolms oʻzi bilan birga halok qildi deb oʻylaydi, aslida esa Xolms tirik qoladi.

Sherlok Xolms bu shaxsga bunday taʼrif beradi[1]:

O, uning tarjimai holi alomat! U yaxshi bir oiladan chiqqan, toʻla-toʻkis maʼlumot olgan, nodir-noyob tugʻma bir matematik isteʼdodga ega. U yigirma bir yoshida Nyuton binomi borasida risola yozib, bu bilan butun Yevropaga dong taratgan. Shundan soʻng u viloyat shaharlarimizdan biridagi universitetda matematika kafedrasiga boshligʻ boʻlib olgan, uni porloq kelajak kutayotganligi mutlaqo ravshan edi. Ammo uning qonida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan vahshiyona shafsatsizlik ishtiyoqi bor. Uning tomiridan jinoyatchi qoni oqadi. Bagʻoyat oʻtkir sezish tufayli bu shafqatsizligi yanada xavfliroq tus olgan. U dars bergan universitet shaharchasida uning xaqida mashʼum mish-mishlar tarqalgan. Nihoyat kafedrani tashlab Londonga koʻchib kelishga majbur boʻlgan, buyerda yosh yigitlarni ofitserlik mansabini olish uchun imtihondan oʻtishga tayyorlay boshlagan… Bu hammaga maʼlum boʻlgan faktlar, hozir esa siz men aniqlashga muvaffaq boʻlgan narsalarni eshitasiz.

Oʻzingizga maʼlumki, Votson, Londondagi jinoyatchilar olamini hech kim menchalik yaxshi bilmaydi. Shunday qilib, men ancha vatqlardan beri, koʻpgina jinoyatchilarning orqasida menga nomaʼlum boʻlgan, qonunga xilof ravishda, butunlay boshqa kimsalar panasida ish yuritayotgan qudratli tashkilotchi bir kuch bor ekanligini bila boshladim. Qalloblik boʻlmasin, talonchilik yoki suiqasd boʻlmasin, turli-tuman hodisalarda ham shu kuchning ishtiroki bor ekanligini bir necha marta sezganman, shuningdek, hali aniqlanmagan, tekshirish uchun men bevosita jalb etilmagan jinoyatlarda ham uning izlarini mantiqiy yoʻl bilan topganman. Bir necha yillar mobaynida men uni yashirib turgan pardani yorib koʻrishga urinib keldim, mana nihoyat fursat yetib, kalavaning uchini topdim, tugunni yecha boshladim, nihoyat kalavaning uchi ming turli makkorona tugunlardan soʻng meni mashxur matematik, sobiq professor Moriarti bilan toʻqnashtirdi. U — jinoyat olamining Napoleoni, Vatson. U — bu shaharda yuz bergan yovuzliklardan teng yarmining tashkilotchisi, ochilmagan jinoyatlarning deyarli hammasining tashkilotchisi. U daho faylasuf, u mahzun fikrlay oladigan odam. Uning aqli juda oʻtkir. Oʻrgimchak xuddi oʻz uyasining oʻrtasida yotgandek, u harakatsiz oʻtiradi, ammo bu oʻrgimchak uyasining minglarcha iplari bor, bulardan har birining qimirlaganini payqab oladi. Oʻzi kamdan-kam harakat qiladi. Faqat rejalargina tuzadi. Ammo agentlari behisob, ular juda yaxshi uyushtirilgan. Bordiyu, kimdir biror hujjatni oʻgirlashi, uyni talab ketishi, yoʻlda toʻsiq bulib turgan odamni yoʻq qilib yuborishi kerak boʻlib qolsa — bu narsani professorning diqqatiga havola boʻlsa bas, jinoyatga darhol xozirlik koʻrilib, keyin u amalga oshiriladi. Agent qoʻlga tushib qolishi mumkin. Bunday hollarda hamisha uni kafilga olishga yoki himoyachi taklif etishga pul ham topila qoladi. Ammo bu agentni ishga solgan bosh rahbar hech qachon qoʻlga tushmaydi — u shubhalardan holi boʻladi. Men mantiqiy yoʻl bilan mavjud ekanligini aniqlaganim tashkilot ana shunday, Vatson, men uni topib, tor-mor etishga butun kuch-gʻayratimni bagʻishla- dim.

Ammo professor ayyorlik bilan niqoblangan, oʻzini shu qadar yaxshi himoya qila oladiki, sud hukmiga yetarli boʻladigan dalillarni taqdim etish uchun qilgan butun saʼy-harakatlarim behuda ketmoqda. Mening nimalarga qodir ekanligimni yaxshi bilasiz, azizim Vatson, har qalay, uch oydan keyin men nihoyat oʻzimga munosib raqib bilan uchrashganimni eʼtirof etishga majbur boʻldim. Uning jinoyatlaridan daxshatga kelgan boʻlsam, endi buning oʻrnini uning mahoratiga qoyil qolish egalladi. Biroq u baribir bir xato, kichkina, juda kichkina bir xato qilib qoʻydi, ammo shunday xatoga ham yoʻl qoʻymasligi kerak edi, chunki men uni uzluksiz taʼqib qilmoqda edim. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, uning bu xatosidan foydalanib, bunga dastlabki marra sifatida amal qilib Moriartining atrofiga tuzoq boshladim. Hozir u deyarli tayyor boʻlib qoldi. Uch kundan soʻng, yaʼni kelar dushanba, hammasi tamom boʻladi— professor oʻz shaykasining bosh aʼzolari bilan adolat sudiniig qoʻliga tushadi. Shundan keyin esa asrimizning eng yirik jinoiy jarayoni boshlanadi.

Yevropadagi betakror aql sohibi lekin, bir vaqtning oʻzida doʻzax kuchlariga ham boshchilik qilardi u.

«Dahshatlar vodiysi» qissasidan

Undan tashqari Xolms uni „Jinoyat olamining Napoleoni“ deb atagan. Ushbu bogʻliqlik XIX asrda Xalqaro jinoyatchi deb tan olingan Adam Vort ishi boʻyicha olib borilgan ish tufayli Skotland Yard inspektorlaridan biri tomonidan ushbu jinoyatchiga nisbatan mana shu iborani qoʻllagan va Konan Doylda Moriarti qiyofasini yaratishga boʻlgan ishtiyoq mana shu hodisadan soʻng paydo boʻladi.

Sherlok Xolms uning boyligi va kamtarona hayoti haqida:

…U boyligi hajmini berkitishga urinadi. Buni hech bir odam bilmasligi kerak. Oʻylashimcha uning yigirmadan ortiq hisb raqamlari bor. Lekin asosiy jamgʻarmasi chet davlatda boʻlishi kerak, masalan Germaniyada yoki Fransiyadami?...

— «Dahshatlar vodiysi» qissasidan