Kontent qismiga oʻtish

Maymunjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maymunjonraʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik buta; rezavor meva. Shim. Amerika, Yevrosiyoda 400 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan 90 turi, asosan, koʻk M. (Rubus caesius) va mayda mevali M. (R. nensensis) turlari Kavkaz, Ukrainaning janubi va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Amerika, Markaziy va Gʻarbiy Yevropada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonning togʻ oldi mintaqalarida oʻsadi va dala, tomorqa-bogʻlarda oʻstiriladi. Yer ustki qismi ikki yillik novdalardan iborat. Barglari patsimon. Bir yillik novdasi hosil tugadi. Gullari ikki jinsli, oq, baʼzan pushti boʻlib, shingilsimon toʻpgulda joylashgan. Mevasi tutga oʻxshash gʻuj, sersuv, shirin-nordon, rangi qoramtir, qizil. Urugʻi mayda. Meva tarkibida 4—6% qand, 0,8—1,4% organik kislotalar, C vitamini va karotin mavjud. Mevasi yangiligida yoki quritib yeyiladi, qiyom tayyorlanadi, konserva sanoatida ishlatiladi. Ildizpoyasi va barglari tibbiyotda qoʻllanadi. M.ning mevalari yirik va shirin boʻlgan ayrim yovvoyi turlari madaniylashtirilib, seleksiya navlari chiqarilgan (300 dan ortiq navlari bor). M. koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda 2x0,75 m sxemada ekiladi. M. novdadari simbagazlarga bogʻlanadi. Hosildorligi 50—70 s/ga. M. 12—15 yil yashaydi.[1]

Foydalang adabiyot

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil