Kontent qismiga oʻtish

Meera Jasmine

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Meera Jasmine
Tavalludi
Jasmine Mary Joseph

15-fevral 1982
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2001–hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Anil John Titus (turm. 2014)

Jasmine Mary Jozeph (talaffuzi: Jasmin Meri Jozef) - Meera Jasmin nomi bilan tanilgan, hind aktrisasi boʻlib, u asosan Malayalam, Tamil, Telugu va Kannada tillarida suratga tushadi. U 2000-yillarda mashhur aktrisalardan biri edi.

Meera Jasmine 2004-yilda „Paadam Onnu: Oru Vilapam“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Milliy kino mukofotini qoʻlga kiritgan va „Eng yaxshi ayol roli“ sifatida Kerala State Film mukofoti va Tamil Nadu State Film mukofotining ikki karra laureati boʻlgan. U, shuningdek, Tamil Nadu hukumatining Kalaimamani mukofotiga ham sazovor boʻlgan.

„The Hindu“ uni „Malayalam kinosi yulduzlari orasida oʻzini tuta oladigan sanoqli aktrisalardan biri“ deb atagan.[1]

Meera Jasmine oʻzining debyutini Malayalam tilidagi „Soothradharan“ filmida qilgan.[2] Uning ikkinchi filmi Kamol rejissyori boʻlgan „Gramofon“ boʻlib, filmda u Navya Nair va Dileep bilan birga paydo boʻlgan.

Uning yahudiy qiz roli malayalamlik tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Uning uchinchi filmi „Swapnakkoodu“ boʻlib, rejissyor Kamol boshchiligida Prithviraj Sukumaran, Kunchako Boban, Jayasurya va Bhavana bilan birga romantik komediya edi. Uning ijrosi yuqori baholandi va film yuqori tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Meera yana beshta asosiy qahramon orasida eng koʻp muvaffaqiyat qozongan boʻldi.[3]

U Malayalam kinosida ustozi Lohithadas tomonidan suratga olingan „Kasthooriman“ filmi bilan shuhrat qozondi[4], unda u komediya va sentimental sahnalarni ijro etgan. U „Kasturiman“ filmidagi ijrosi uchun birinchi Filmfare mukofotini oldi. Film 100 kun davom etgan va kassada muvaffaqiyat qozongan. 

Oʻsha yili u TV Chandranning mashhur „Padam Onnu Oru Vilapam“ filmida rol ijro etgan. U yoshi kattaroq erkakka turmushga chiqishga majbur boʻlgan 15 yoshli muslima qiz rolini ijro etgan, buning uchun u Davlat mukofoti va Milliy mukofot bilan bir qatorda boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.[5] Undan keyin Kavya Madhavan bilan birga „Perumazhakkalam“da Raziya rolida paydo boʻlgan. „Achuvinte Amma“ (2005) filmida u yosh, yoqimli Achu obrazini oʻynadi. Keyin u „Rasathanthram“ (2006) filmida Mohanlal bilan juftlashdi. U filmning birinchi yarmida sharoit bosimi tufayli oʻzini oʻgʻilbolacha qiz obrazida suratga tushdi. Film tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Uning Dileep bilan keyingi filmi — „Vinodayathra“, uning rejissyori Sathyan Anthikkad edi. Keyinchalik u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan „Ore Kadal“ filmida Mammutti bilan birga suratga tushgan. Film kinofestivallarda namoyish etildi va mukofotlarga sazovor boʻlgan. Uning begunoh oʻrta sinf ayoli sifatida ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan. Uning keyingi filmi „Calcutta News“ Dileep bilan birga boʻldi. Uni kino sohasi bilan tanishtirgan Blessi „Calcutta News“ rejissori edi. „Innathe Chintha Vishayam“ (2008) filmida u Sathyan Anthikkad bilan Mohanlal bilan yana toʻrtinchi ketma-ket filmida hamkorlik qilgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning keyingi filmlari Kamal bilan „Minnaminnikoottam“ va Lenin Rajendran bilan „Rathri Mazha“ filmlari mufaffaqiyatsiz boʻlgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Til Izohlar
2001 Soothradharan Shivani Malayalam Malayalam tilida debyut film
2002 Run Priya Tamil Tamil debyut filmi
Bala Aarthi Tamil
2003 Kasthoorimann Priyamvada Malayalam
Pudhiya Geethai Sushi Tamil
Gramophone Jennifer/ Jenny Malayalam
Swapnakkoodu Kamala Malayalam
Anjaneya Divya Tamil
Paadam Onnu: Oru Vilapam Shahina Malayalam
Joot Meera Tamil
Chakram Indrani Malayalam
2004 Ammayi Bagundi Janani,

Satya
Telugu Telugu debyut film
Aayutha Ezhuthu Sasi Tamil
Maurya Alamelu Kannada Kannada debyut film
Gudumba Shankar Gowri Telugu
Perumazhakkalam Raziya Malayalam
2005 Achuvinte Amma Ashwathy/ Achu Malayalam
Bhadra Anu Telugu
Kasthuri Maan Uma Tamil
Sandakozhi Hema Tamil
2006 Mercury Pookkal Anbu Chelvi Tamil
Rasathanthram Kanmani/ Velayuthankutty Malayalam
Raraju Jyothi Telugu
2007 Arasu Aishu Kannada
Maharadhi Kalyani Telugu
Thirumagan Ayyakka Tamil
Vinodayathra Anupama/ Anu Malayalam
Parattai Engira Azhagu Sundaram Shweta Tamil
Yamagola Malli Modalayindi Aishwarya Telugu
Ore Kadal Deepti Malayalam
2008 Calcutta News Krishnapriya Malayalam
Innathe Chintha Vishayam Kamala Malayalam
Nepali Priya Tamil
Minnaminnikoottam Charulatha/ Charu Malayalam
Rathri Mazha Meera Malayalam
Gorintaku Lakshmi Telugu
Maa Ayana Chanti Pilladu Rajeswari Telugu
2009 Mariyadhai Chandra Tamil
Bangaru Babu Meera Telugu
A Aa E Ee Kalyani Chandram Telugu
Devaru Kotta Thangi Lakshmi Kannada
2010 Aakasa Ramanna Tara Telugu
Sivappu Mazhai Samyuktha Tamil
Ijjodu Cheeni Kannada
Pen Singam Meghala Tamil
Hoo Jasmine Kannada
Paattinte Palazhy Veena Malayalam
Four Friends Gowri Malayalam
2011 Ilaignan Meera Tamil
Mohabbat Sajna Malayalam
Mambattiyan Kannaathal Tamil
2012 Aathi Narayana Laila Tamil
2013 Lisammayude Veedu Lisamma Malayalam
Ladies and Gentleman Aswathy/Achu Malayalam
Moksha Moksha Telugu
Ms Lekha Tharoor Kaanunnathu Lekha Malayalam
2014 Inga Enna Solluthu Rajeshwari Tamil
Vingyani Kaveri Tamil
Onnum Mindathe Syama Malayalam
2015 Ithinumappuram Rukmini Malayalam
2016 Pathu Kalpanakal Shazia Akbar Malayalam
2018 Poomaram Oʻzi Malayalam
2022 Makal Juliet Malayalam
  1. „Striking the right chord“. The Hindu (5-mart 2010-yil). 26-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2013-yil.
  2. „Meera Jasmin“. The Hindu (11-noyabr 2002-yil). 8-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.
  3. „Youth Stuff“. The Hindu (15-sentabr 2003-yil). 29-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.
  4. „Looking back at Malayalam writer-director AK Lohithadas and his women characters“. The News Minute.
  5. „'Shwaas' adjudged the best film“. The Hindu (15-avgust 2004-yil). 13-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2011-yil.