Mejdu samanidami i mongolami
Asl nomi | ruscha: Между саманидами и монголами: архитектура Средней Азии XI—начала XIII вв. |
---|---|
Muallif(lar) | Sergey Xmelnitskiy |
Mamlakat |
Germaniya Latviya |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy nashr |
Nashr etilgan sanasi | 1996—1997-yillar |
Nashriyot | Gamajun |
Sahifalar soni |
334 230 |
2 qismdan iborat |
Mejdu samanidami i mongolami, toʻliq nomi Mejdu samanidami i mongolami: arxitektura Sredney Azii XI—nachala XIII vv. (ruscha: Между саманидами и монголами: архитектура Средней Азии XI—начала XIII вв.) — Sergey Xmelnitskiyning Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi tarixiga atab yozilgan monografik kitoblaridan soʻnggilari. Birinchi qismi 1996-yil, ikkinchisi — 1997-yil Berlin va Riga shaharlarida „Gamajun“ nashriyotida qattiq jildda chop etilgan.
Kitoblarda XI asrdan XIII asr boshlarigacha boʻlgan davrni qamrab olgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi va uning tarixi toʻgʻrisida soʻz boradi[1].
Kitoblarda monografiya mavzusi qamrab olgan davrga oid shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalar va meʼmoriy shakllar, shakllantirish va mutanosiblashtirish usullari, masjidlar, minoralar, yodgorlik inshootlari, madrasalar, xonaqohlar, karvonsaroylar[1], saroylar, qasrlar, qoʻrgʻonlar, kaftarxonalar, shahardagi uy-joylar, hammomlar va sardobalar aniq misollar bilan yoritib berilgan[2].
Kitoblarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: V. Reshetov – rasmlari muharriri, A. Bayanova – nashr uchun masʼul, N. Juk — layout operatori, E. Loyans – musahhih[1][2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Хмельницкий С. Г. Между саманидами и монголами: архитектура Средней Азии XI—начала XIII вв. Часть I — Gamajun. — Берлин—Рига, 1996. — P. 334.
- Хмельницкий С. Г. Между саманидами и монголами: архитектура Средней Азии XI—начала XIII вв. Часть II — Gamajun. — Берлин—Рига, 1997. — P. 230.