Mekemtas Mirzaxmetuli
Мекемтас Мырзахметұлы Мырзахметов | |
---|---|
Tavalludi |
9-may 1930-yil Tulkibosh tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mekemtas Mirzaxmetuli (Mirzaxmetov) (qozoqcha: Мекемтас Мырзахметұлы, 1930-yil 9-may, Tulkibosh tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) – sovet va qozoq olimi, abayshunos olim, filolog, adabiyotshunos, jamoat arbobi, filologiya fanlari doktori (1989), professor (1995).
Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1996) va „Turk dunyosiga xizmatlari uchun“ xalqaro mukofoti (2003) laureati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mekemtas 1930-yil 9-mayda Turkiston viloyati, Tulkibosh tumani, Maytobe qishlogʻida tavallud topgan.
1948-yilda Vannovka (hozirgi Turar Risqulov) qishlogʻidagi Abay nomidagi qozoq oʻrta maktabini tamomlagan.
Mirzaxmetov 1953-yilda Abay nomidagi Qozogʻiston pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. 1964-yilda aspiranturani bitirgan.
Mirzaxmetov 1965-yilda akademik Xojim Jumaliyev rahbarligida „Abay Kunanboyev adabiy merosini oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1].
1989-yilda „Muxtor Auezov va abayshunoslik muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1995-yilda unga filologiya fanlari professori faxriy ilmiy unvoni berilgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mekemtas Mirzaxmetuli 1953–1961-yillarda Toshkentda istiqomad qilgan va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, dekani, keyinchalik prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan[2].
1969–1975-yillarda Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasida dotsent boʻlgan.
Dotsent 1975–1991-yillarda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Muxtor Auezov nomidagi Adabiyot va sanʼat ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim va abayshunoslik boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.
1991–2000-yillarda Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti qozoq adabiyoti kafedrasi mudiri boʻlgan. Tarix va etnofilologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, M. H. Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti qozoq filologiyasi va jurnalistikasi kafedrasi faxriy mudiri boʻlib faoliyat yuritgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzaxmetuli 1996-yil Oqorda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti qoʻlidan Abayni oʻrganishdagi ajoyib yutuqlari uchun adabiyot va fan sohasidagi Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Mekemtas 2001-yil Hurmat ordeni[4], 2003-yil Turk dunyosiga xizmatlari uchun xalqaro mukofoti (Anqara)[5] hamda 2007-yil Parasat ordenilari bilan taqdirlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мекемтас Мырзахметұлы: Ресей астанасының аты Мәскеу қазақтың есімінің құрметіне қойылған“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Мекемтас Мырзахметұлы Мырзахметов“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Почетные граждане Жамбылской области“ (deadlink). 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ „Указ Президента РК от 10 декабря 2001 № 737 О Награждение государственное награды и премии“. 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
- ↑ „Накануне Дня Независимости Казахстана президент Касым-Жомарт Токаев наградил 39 человек государственными наградами 2019 года“ (deadlink). 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ „Глава государства принял участие в торжественной церемонии вручения государственных наград и премий“. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.