Kontent qismiga oʻtish

Tulkibosh (tuman)

Koordinatalari: 42°23′0″N 70°30′0″E / 42.38333°N 70.50000°E / 42.38333; 70.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tulkibosh tumani
Түлкібас ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Turar Risqulov
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Sarmanov Yergʻali Satibaldiyevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 107,528[1]
Zichligi 46,7 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 2 300 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72538[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Tulkibosh tumani xaritada
42°23′0″N 70°30′0″E / 42.38333°N 70.50000°E / 42.38333; 70.50000

Tulkibosh tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatida joylashgan. Maydoni 2,3 ming km2. Aholisi 107,528 kishi (2013). Tuman markazi — Turar Risqulov qishlogʻi.

Tuman aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 107,528 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi 1 km2ga 46,7 kishidan toʻgʻri keladi. Tuamn aholisi koʻp millatli hisoblanadi.

Tumanda 57 ta maktab bor boʻlsa, uning 42 oʻrta, 5 asosiy va 10 boshlangʻich maktab.

Tulkibosh tumani Sirdaryo okrugiga qarashli, Chimkent uezi, Maylikent boʻlisining hududida, markazi Tulkibosh stansiyasi boʻlib, 1928-yil 17-yanvarda tashkil topganini avxiv hujjatlar tasdiqlaydi. 1930-yili 17-dekabrdagi Qozogʻiston Markaziy Boshqarish Qoʻmitasining farmoniga binoan, shu yilning 23-iyulida Tulkibosh tumani Juali tumanining tarkibiga kirdi. 5-yil Jambul viloyatining tarkibida boʻlib, 1935-yili 9-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatining tarkibiga qaytadan, markazi Vannovka qishlogʻi boʻlib qoʻshildi. 1963—1966 yillari Sayram tumaning tarkibida boʻldi. 1928-yildan mustaqillik olgunga qadar tumanni 19-ta kishi boshqargan. Mustaqillikdan hozirgi kungacha tumanni 8 hokim boshqargan.