Meksikadagi armanlar
Meksikadagi armanlar[1][2] (armancha: Հայերը Մեքսիկայում, ispancha: Armenios en México) — boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda eng kichik arman jamoalaridan biri. Armanlar Meksikaga 1910-1928-yillar oraligʻida kela boshlagan, ularning aksariyati 1915-yilgi arman genotsididan keyin kelgan. Ular asosan talabalar, savdogarlar, ishchilar, rassomlar va tadbirkorlar edi. 2003-yildagi norasmiy maʼlumotlarga koʻra, Meksika hududida 400 ga yaqin arman yashagan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meksikaga kelgan birinchi arman haqidagi eng qadimgi maʼlumot 1632-yilga tegishli, uning ismi Fransisko Martin boʻlgan. 1723-yilda arman Don Pedro de Sarate Xitoydan Akapulkoga ketayotgan ispan kemasida Meksikaga keldi. 1897-yilda Meksika prezidenti Porfirio Dias Tamaulipas, (Shimoliy Meksika) Soto-la-Marinada arman koʻchmanchilari bilan qishloq xoʻjaligi jamiyatini yaratish loyihasini rejalashtirgan; Biroq, loyiha amalga oshirilmadi[4]. 1915-yil aprel oyida Usmonli qoʻshinlari tomonidan sodir etilgan arman genotsididan soʻng koʻplab armanlar Amerika qitʼasiga koʻchib kela boshladilar. 1921-1928-yillarda Meksikada chet elliklar uchun ochiq immigratsiya siyosati mavjud edi. Bu vaqt ichida 300 ga yaqin armanlar Meksikaga koʻchib ketgan[4].
Meksika arman qochqinlarining oxirgi manzili emas edi, ular AQShga koʻchib oʻtishga intilishgan, ammo qiyin yoʻl va mablagʻ yetishmasligi tufayli ularning baʼzilari Meksikada, asosan Mexiko tumanlaridan birida, La Mersedda joylashdilar. Ularning koʻpchiligi savdogar, etikdoʻz va doʻkondor boʻlishgan[5]. Nisbatan kichikligi tufayli Meksikadagi armanlar jamoasi (Argentina va Braziliyaning yirik jamoalari bilan solishtirganda) arman jamoasining meksikaliklar orasida assimilyatsiya qilinmasligiga imkon beradigan arman maktabi yoki jamoat markazini ocha olmadi[4].
Meksikadagi arman jamiyati bugungi kunda taxminan 400-500 kishini tashkil qiladi. Arman jamoasining koʻp aʼzolari mashhur siyosatchilar, rassomlar va aktyorlarga aylanishdi; Meksikadagi armanlarning ikkinchi avlodi, yaʼni 1915-yilda kelganlarning yosh avlodlari arman tilini, arman anʼanalari va urf-odatlarini deyarli unutganlar[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ayvazyan, Hovhannes. Հայ Սփյուռք հանրագիտարան (Encyclopedia of Armenian Diaspora). Yerevan: Armenian Encyclopedia publishing, 2003 — 403-bet. ISBN 5-89700-020-4.
- ↑ Armenian Population in the World, 2013-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-19
- ↑ Armenian Population in the World
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Armenians in 1930’s Mexico City and April 24th Commemorations
- ↑ 5,0 5,1 La diáspora armenia en México (in Spanish)