Kontent qismiga oʻtish

Mengliboy Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mengliboy Murodov
Tavalludi 1942-yil 15-may
Vafoti 14-mart 2023-yil(2023-03-14)
(80 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Buxoro davlat pedagogika instituti
Kasbi Shoir, yozuvchi, dramaturg
Faoliyat yillari 1996—2023

Mengliboy Murodov – shoir, yozuvchi va dramaturg, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].

1942-yil 15-mayda Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan Shodibek qishlogʻida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1961—1966-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olgan[2].

„Mehr“ nomli ilk sheʼriy kitobi 1966-yilda chop etilgan. Shundan soʻng, „Xosiyatli kun“ (2001), „Diydor“ (2002), „Yuragimda borin aytdim“ (2005) kabi sheʼriy toʻplamlari, „Gunoh“ (2008), „Savob“ (2011) nomli romanlari, „Mening bola qalbim“ (2009) qissasi, shuningdek, „Koʻngildagi qoʻshiqlar“ (2012), „Umidli dunyo“ (2022) kitoblari chop etilgan.

Mengliboy Murodovning „Gunoh“ romani Oʻzbekiston mustaqilligining 17 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan „Eng ulugʻ, eng aziz“ koʻrik-tanlovida 3-oʻringa loyiq koʻrilgan[3].

Adib 2023-yil 14-martda olamdan oʻtgan[4][5][6].

  1. „Рубрика: Менглибой Муродов (1942-2023)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  2. „Shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov vafot etdi“. oyina.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  3. Собир Миралиев, Рихсия Шокирова. Менглибой Муродов. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи — 238-bet. ISBN 978-9943-03-940-7. 
  4. „Shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov 81 yoshida vafot etdi“. uzreport.news. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  5. „O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi“. qalampir.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  6. „Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi“. gazeta.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.