Kontent qismiga oʻtish

Meningokokk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meningokokk (yun meninx, raeningos — miya qobigʻi va kokkos — don) — epidemik serebrospinal meningit kasalligini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm; kokklarta kiradi, juft sharsimon (diplokokk) koʻrinishda boʻladi. M.lar Neisseriaceae oilasi Neisseria urugʻiga mansub. M.ning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini avstriyalik olim A. Vekselbaum 1887-yil meningit bilan ogʻrigan bemorning orqa miya suyukligidan ajratib olgan. M.lar tashqi muhit va dezinfeksi-yalovchi eritmalar taʼsiriga chidamsiz. Tabiiy sharoitda M.larga hayvonlar chidamli. M.ning, asosan, A va V guruhlari koʻp uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil