Kontent qismiga oʻtish

Merganlar

Koordinatalari: 39°53′41″N 64°16′48″E / 39.89472°N 64.28000°E / 39.89472; 64.28000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Merganlar
Qishloq
39°53′41″N 64°16′48″E / 39.89472°N 64.28000°E / 39.89472; 64.28000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Buxoro viloyati
tuman Romitan tumani
Hukumat
Qachondan beri qishloq 2004
Iqlim turi keskin kontinental[1]
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Aholisi
 (2021-yil)
540
Milliy tarkib oʻzbeklar va tojiklar
Konfessiyaviy tarkib Ahl as-Sunna val-Jamoa
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 201010[2]
Avtomobil kodi 80
Merganlar xaritada
Merganlar
Merganlar

Merganlar qishlogʻi — Buxoro viloyati Romitan tumani Xosa shaharchasi Decha mahallasi hududida joylashgan qishloq.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mergan – bu soʻz toponim sifatida Uralsk viloyati hamda Orol dengizidagi orollarda uchraydi. "Mergan" Xon saroyidagi mansablardan biri boʻlib, "ov bilan shugʻullanuvchi kishi" ma'nosini anglatgan. Soʻzning aniq lugʻaviy ma'nosi "aniq nishonga oluvchi mergan" hisoblanadi.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, "Mergan" etnik nom boʻlib, qoʻngʻirot qabilasining bir tarmogʻidir. Barcha turkiy xalqlarda "Mergan" "aqlli, epchil, koʻrimli" maʼnosiga ega.[3]

Qishloq hududida asosan Decha, Merganlar, Quyi Decha va Arabon qishloq fuqarolariga xizmat qiluvhi Romitan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 32-umumta’lim maktabi joylashgan.

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Romitan_tumani
  2. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/bukhara_region_pochta/
  3. G.I.Ramstedt, Введение в алтайское языкознание. M. 1957-yil. 238