Kontent qismiga oʻtish

Merinoslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Merinoslar (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda miloddan avvalgi 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-asr oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-asr va 20-asr boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz zotlari, shuningdek, 20-asrning 20-yillaridan SSSRda oltoy, askaniya, groznen, kavkaz, salsk, Stavropol, sovet M.i yaratilgan. M. juni ingichka (15—25 mkm), mayin, tivit tolali, uz. 6—8 sm. Qoʻchqorlaridan 8–12 kg va undan ortiq, sovliqlaridan 4–6 kg jun qirqib olinadi. Sof tola chiqimi 35— 45% . M. koʻpgina mamlakatlarda boqiladi. Ularning asosiy qismi Avstraliya (Avstraliya M.i) va Argentinaga toʻgʻri keladi.

M. Turkiston oʻlkasiga, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududiga 19-asrning 70— 80-yillari Rossiya orqali kirib keldi. "Turkiston vedomosti" gaz.ning (1883-yil 1-noyabr 13son) xabar berishicha, Zarafshon oʻlkasining Kattaqoʻrgʻon boʻlimida 1882-yilda 2000-mayin junli qoʻylar boʻlgan. 20-asr boshida M.dan rambulye zoti keltirilgan. M. tipidagi mayin junli qoʻylarni Oʻzbekistonga keltirish 20-asrning 20-, 30-, soʻngra 50-yillarida ham davom etdi. 1927—31 yillarda Oʻzbekistonga 5000 merinos qoʻylari keltirilgan. 1939-yil Jizzax, Gʻallaorol, Zomin tumani k-zlarida barcha mahalliy ona sovliq qoʻylar yoppasiga askaniya va oltoy merinos qoʻchqorlari bilan qochirilgan va 45 ming bosh duragay qoʻylar olingan. 1949—58 yillarda Toshkent va Jizzax naslchilik xoʻjaliklarida keltirilgan askaniya, groznen, qirgʻiz, Stavropol merinos sovliqlari va qoʻchqorlari boqildi. M.ning Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitida asosiy mahsuloti boʻlgan jun va jun tolasining qator texnologik sifat koʻrsatkichlari saqlanib qoldi. M.dan olinadigan jun va goʻsht mahsulotlari sifati va miqdori, asosan, qoʻylarni yaxshi sharoitlarda asrash, boqish va parvarish qilish texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq (qarang Mayin junli qoʻylar).

L<E.: Amirova A. K.vab. Chorvachilik, T., 1980.

Abdusattor Amirov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil