Meros (film)
Meros | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Xilol Nasimov |
Ssenariynavis(lar) | Xilol Nasimov |
Rollarda |
Rustam Karimov Munavvara Abdullayeva Gʻayrat Xusainov Bobur Aytbagambetov Fotih Nasimov Oysanam Yusupova |
Bastakor(lar) | Dmitriy Yanov-Yanovskiy |
Kinematografiya | Husan Aliyev |
Studiya(lar) | "Vatan" kino studiyasi |
Distribyutor | Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi |
Chiqarilgan sanasi | 2021-yil 9-may |
Davomiyligi | 88 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbek tili |
Meros — 2021-yilda suratga olingan, oʻzbek va qozoq xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʻp asrlik doʻstligi haqidagi film. Golden Fox Award nufuzli xalqaro mukofoti sovrindori[1] Avstraliyada oʻtkazilgan „Muslim Film Festival“ xalqaro kinofestivalining „Eng yaxshi dramatik film“ nominatsiyasi boʻyicha sovrindorlikga erishgan. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan[2].
Film haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film 2022-yilning mayida Rossiyada oʻtkazilgan „Zolotoy Vityaz“ kinoforumida „Qozoq va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi anʼana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun“ maxsus diplobiga sazovor boʻldi. Ushbi kino anchagina muvofaqqiyatli boʻldi yaʼni 2022-yilning iyul oyida Hindistonda oʻtkazilgan „Oltin tulpor“ („Golden Horse Film Festival“) Xalqaro kinofestivalida hamda Pokistonda oʻtkazildigan „Gandhra Independent Film Festival“ (GIFF) xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi xorijiy film“ va „Eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyalari boʻyicha ham taqdirlangan. „Meros“ filmi shu kungacha oʻndan ortiq xalqaro festivallarda „Yilning eng yaxshi filmi“ va yana 4 ta festivalda „Eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyalari gʻolibi boʻldi[3]. 2022-yilning 12-15-may kunlari Lima (Peru) shahrida boʻlib oʻtadigan INCA IMPERIAL INTERNATIONAL FILM FESTIVALda ishtirok etadi[4]. „Meros“ning suratga olish jarayoni 2020-yili boshlangan edi. Suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Belarus davlatlarida boʻlib oʻtdi[5].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Meros“ filmi oʻzbek va qozoq xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʻp asrlik doʻstligi haqida hikoya qiladi. Oʻzbek millatining naqadar yuksakligi, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tushunchalarini oʻzida namoyon etgan, qoʻshni xalqlarning taqdiriga eʼtiborsiz boʻlmagan oʻzbeklar hayoti aks ettirilgan. Oʻzbek yigiti Baxshillo qozoq qizi Oygulga hamdard. Boshqa qishloqdan kelgan qozoq Nurlan ham uni sevib qolgan. Bir-birini tanimaydigan bu ikki yosh Ulugʻ Vatan urushi yillarida birga kurashib, bir-birini oʻlimdan qutqaradi. Shuningdek, filmda Ahmad Yassaviy asos solgan „Tariqat Yassaviy“ maʼnaviy meros sifatida barcha musulmonlarni iymon-eʼtiqodga, insoniylik meʼyorini chuqur anglashga chorlayotgani haqida ham hikoya qilinadi.
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turk kinoijodkorlari kinokartinaning bebaho kino asar boʻlganligini va oʻzlarining qalbidan chuqur joy olganini alohida eʼtirof etdi[6].
Ijodiy guruh
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Postanovkachi rejissyor: Xilol Nasimov
- Ikkinchi rejissyor: Mashrab Aliqulov
- Ssenariy muallifi: Xilol Nasimov
- Kompozitor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy
- Postanovkachi operator: Husan Aliyev
- Rassom: Fazliddin Turdiyev
- Kompozitor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy
Rollarda
- Rustam Karimov
- Munavvara Abdullayeva
- Gʻayrat Xusainov
- Bobur Aytbagambetov
- Fotih Nasimov
- Oysanam Yusupova
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „“Мерос” фильми “Muslim Film Festival”да Гран-при ғолиби бўлди“. https://ads.uza.uz/www/delivery/ck.php?oaparams=2__bannerid=50__zoneid=4__cb=e35e01f309__oadest=https%3A%2F%2Ft.me%2Fuza_uz. UZ.A. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „“Мерос” фильми “Muslim Film Festival”да Гран-при ғолиби бўлди“. https://ads.uza.uz/www/delivery/ck.php?oaparams=2__bannerid=50__zoneid=4__cb=e35e01f309__oadest=https%3A%2F%2Ft.me%2Fuza_uz. UZ.A. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „Фильм Хилола Насимова "Мерос" примет участие в кинофестивале в Перу“. https://darakchi.uz/ru. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ „“Мерос” фильми “Muslim Film Festival”да Гран-при ғолиби бўлди“. https://ads.uza.uz/www/delivery/ck.php?oaparams=2__bannerid=50__zoneid=4__cb=e35e01f309__oadest=https%3A%2F%2Ft.me%2Fuza_uz. UZ.A. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2023-02-20 sanasida arxivlangan)