Kontent qismiga oʻtish

Michigan universiteti (AQSH)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michigan universiteti

Michigan universiteti - Ann Arbor, Michigan, Qo'shma Shtatlardagi davlat tadqiqotlar universiteti. 1817-yilda tashkil etilgan universitet Michigandagi eng qadimgi va eng katta universitetdir. Universitet hududi davlat sifatida qabul qilinishdan 20yil oldin tashkil etilgan. Michigan Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining dastlabkisi hisoblanadi.

1871-yildan beri Michigan qoʻshma taʼlim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda u taxminan 32,000 bakalavriat talabalari va 18,000 aspirantlarni qabul qiladi. Universitet 19 ta kollejdan iborat bo'lib, 250 ga yaqin fanlar bo'yicha bakalavriat va magistratura darajasida ta'lim dasturlarini taklif etadi. Michigan, shuningdek, ikkita mintaqaviy universitetga ega: Flintda va Dirbornda.

Universitet bitiruvchilari orasidan 8 ta mahalliy va xorijiy davlat rahbari;47 ta AQSh senatori; AQSh Vakillik Palatasining 218 ta a'zosi; 42 ta AQSh Vazirlar Mahkamasi kotibi; 41ta AQSh gubernatori; 26 ta taniqli milliarderlar yetishib chiqqan[1] .

1817–1837 yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michigan universiteti 1817-yil 26-avgustda Michigan hududi nomli akt ostida <i id="mwUA">Katolepistemiad</i> yoki Michiganiya Katolepistemiad sifatida tashkil etilgan[2].

Katolepistemiad, neologizm, taxminan “Umumjahon bilimlar maktabi” deb tarjima qilinadi[3].

1821-yil 30-aprelda Michigan hududi, mavjud ta'lim tashkilotining tashqi ko'rinishi va tabiatini sezilarli darajada o'zgartirish uchun yangi qonun qabul qilindi[2]. Michigan universitetining qonuniy nomi Catholepistemiad Michigania etib belgilandi.

Painting of a rolling green landscape with trees with a row of white buildings in the background
Michigan universiteti (1855)

Universitet hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ann Arbor(Michigan) universiteti hududi to'rtta asosiy qismga bo'lingan: Shimoliy, Markaziy, Tibbiyot va Janubiy qismlar. Infratuzilma 500 dan ortiq yirik binolarni o'z ichiga oladi[4]. Umumiy maydoni 37.48 million kvadrat fut (860 akr; 3.482 km2) dan ortiq[5]. Markaziy va janubiy qismlar tutashgan. Shimoliy qism esa ulardan, birinchi navbatda, Guron daryosi bilan ajratilgan[6]. Shuningdek, shahar bo'ylab joylashgan binolarda ijaraga olingan joylar mavjud. Ularning aksariyati Michigan universiteti sog'liqni saqlash tizimiga aloqador tashkilotlar tomonidan band qilingan. Plimut yo'lida Sharqiy tibbiyot shaharchasi tashkil etilgan bo'lib, unda ambulator tes yordam, diagnostika va jarrohlik uchun bir nechta universitet binolari mavjud[7].

Janubiy kampusdagi golf maydonidan tashqari, universitetda ikkinchi golf maydoni ham mavjud. Golf maydoni faqat professor-o'qituvchilar, xodimlar va bitiruvchilar uchun ochiq[8]. Kampusdan tashqari yana bir muassasa - Ingliz uyi bo'lib, universitet bu uyga 1950-yillardan beri egalik qiladi. Ingliz uyi 10,000-kvadrat-fut (930 m2) bo'lib, turli ijtimoiy tadbirlarni, jumladan, vazirlar kengashi, yig'ilishlarini o'tkazish va tashrif buyurgan hurmatli mehmonlarni qabul qilish uchun mo'ljallangan[9].

To'rttala hudud avtobus xizmatlari bilan bog'langan. Ularning aksariyati Shimoliy va Markaziy qismlarni bog'laydi. Shimoliy va Markaziy qismlar o'rtasida joylashgan Universitet kasalxonasini shimoli-sharqidagi Ann Arbordagi boshqa tibbiy muassasalar bilan bog'laydigan transport xizmati mavjud[10].

2021-yilgi davlat byudjeti Michigan universitetining barcha hududlarini moliyalashtirishni 5 foizga oshirdi[11].

Universitet, shuningdek, iqlim, energiya, oziq-ovqat tizimlari, suv va qurilish bo'yicha sa'y-harakatlarini ko'paytirdi[12].

Newberry Hall ( Kelsi arxeologiya muzeyi )

Universitetda bir nechta jamoat va tadqiqot muzeylari joylashgan. Shu jumladan, Universitet san'at muzeyi, Michigan universiteti tabiiy tarix muzeyi, Detroyt rasadxonasi, Sindecuse stomatologiya muzeyi va LSA antropologik arxeologiya muzeyi.

Kelsi arxeologiya muzeyida Rim, Yunon, Misr va Yaqin Sharq artefaktlari to'plami mavjud[13]. 1972-1974-yillarda muzey Suriya shimolidagi Dibsi Faraj arxeologik yodgorligini qazishda ishtirok etgan[14]. Kelsi muzeyini ta'mirlash va kengaytirishdan so'ng 2009-yil 1-noyabrda qayta ochildi[15].

Michigan universitetining san'at muzeyi kollektsiyasi madaniyatlar, davrlar va ommaviy axborot vositalarini qamrab olgan. Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika san'atini o'z ichiga olgan 19 000 ga yaqin obyektlarni, shuningdek tarixiy eksponatlarni o'z ichiga oladi. San'at muzeyi 2009-yilda uch yillik ta'mirlash va kengaytirishdan so'ng qayta ochildi[16]. UMMA galereya tajribasini vizual, ijrochilik, kino va adabiy san'atni o'z ichiga olgan maxsus ko'rgazmalar va turli xil ta'lim dasturlarini taqdim etadi[17].

  1. Kathleen Elkins. „More billionaires went to Harvard than to Stanford, MIT and Yale combined“. CNBC (2018-yil 18-may). 2018-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  2. 2,0 2,1 Hinsdale 1906
  3. „SNAPSHOTS OF U-M HISTORY: Rising from the Ashes“. www.bentley.umich.edu. 2021-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-may.
  4. „Environmental Protection Management Practices: Flood Control“. University of Michigan Occupational Safety and Environmental Health. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.
  5. Office of Campus Sustainability. „University of Michigan-FY2018 Annual Environmental Metrics Report“. 2020-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  6. „Ann Arbor Map“. University of Michigan, MM&D. 2013-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.
  7. „Street Map to Rachel Upjohn Building“. University of Michigan Health System. 2012-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-oktyabr.
  8. „Welcome to Radrick Farms Golf Course“. University of Michigan. 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-aprel.
  9. Duderstadt. „The Inglis House Estate at the University of Michigan“. University of Michigan. 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-aprel.
  10. „Buses“. University of Michigan. 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  11. „New state budget boosts University of Michigan funding by 5% across all 3 campuses“ (en). mlive (2021-yil 27-sentyabr). 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  12. „Homepage | University of Michigan School for Environment and Sustainability“. seas.umich.edu. 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  13. „About Us“. The Kelsey Museum of Archeology at the University of Michigan (2008). 2009-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr.
  14. Harper, Richard P.; Wilkinson, Tony J. (1975), „Excavations at Dibsi Faraj, Northern Syria, 1972–1974: A Preliminary Note on the Site and Its Monuments with an Appendix“, Dumbarton Oaks Papers, 29-jild, 319–338-bet, ISSN 0070-7546
  15. Imran Syed. „Hoarding history“. The Michigan Daily (2009-yil 1-noyabr). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
  16. Mallory, Jones. „Economy yields higher museum attendance“. Michigan Daily (2009-yil 18-mart). 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
  17. „University of Michigan“. Museum of Art (UMMA). 2008-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.