Microsoft Office 2021

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Microsoft Office 2021
MuallifMicrosoft
tashkil topdi:5-oktabr, 2021-yil
Eng so‘nggi versiyasi
Operatsion sistemaWindows 10
Windows 11
Mac OS
Platformax86, x86-64 hamda ARM
JanrOffis dasturiy toʻplami
Litsenziyaproprietar hamda tijoriy
Vebsayt:Rasmiy veb sayti
Dasturlash tili:C++

Microsoft Office 2021 — Microsoft Office 2019 dan keyingi Microsoft ofis toʻplamining versiyasi hisoblanadi. Chiqarish 2021-yil 5-oktabrda Windows 11 bilan birga boʻlib oʻtdi. Dastlab bu versiya Microsoft Office 2022 nomi bilan chiqarilishi rejalashtirilgan edi.

Uzoq muddatli (LTSC) qoʻllab-quvvatlashi Windows 10 LTSC bilan teng 7 yildan 5 yilgacha qisqartirildi[1].

2020-yil sentabr oyida Exchange jamoasi blogi Microsoft Officeʼning obuna boʻlmagan yangi versiyasi 2021-yilning ikkinchi yarmida Windows va Mac uchun chiqarilishini eʼlon qildi[2][3][4].

Microsoft Office rasmiy ravishda 2021-yil fevral oyida eʼlon qilindi. Biznes foydalanuvchilari uchun oldindan koʻrib chiqish versiyasi 2021-yil aprel oyida taqdim etildi. Office 2021 ikki versiyada chiqariladi: foydalanuvchilar va kichik biznes uchun hamda Office LTSC tashkilotlar uchun. Office Professional Plus, Office Standard va ayrim korporativ ilovalarining narxi 10% ga oshdi, isteʼmolchi va kichik biznes narxlari esa bir xil boʻlib qoldi. 2021-yilning ikkinchi yarmidani Word, Excel, PowerPoint va OneNoteʼning 32 va 64 bitli versiyalarini oʻz ichiga olgan Windows va macOS uchun ilovalar toʻplami yangilandi[5][6][7].

Office LTSC tarkibida Microsoft Teams oʻrnatilgan boʻladi, lekin u Microsoft Yuklash Markazidan yuklab olish mumkin boʻlgan Biznes uchun Skypeʼni oʻz ichiga olmagan.

Yangi Office Microsoft 365 uchun shu vaqtgacha ishlab chiqilgan va unda ishlayotgan baʼzi xususiyatlarni oladi. Yangi funksiyalarga qorongʻu mavzu va yaxshilangan foydalanish imkoniyati kiritildi. Excel dinamik massivlarni qoʻllab-quvvatlaydi va jadvallar orasidagi maʼlumotlarni xaritalash uchun XLOOKUP funksiyasiga egaligi ajralib turadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Spataro, Jared. „Upcoming commercial preview of Microsoft Office LTSC“ (en). Microsoft 365 Blog (2021-yil 18-fevral). 2021-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Microsoft выпустит пакет программ Office без подписки в 2021 году“ (ru). Компьютерра (2020-yil 24-sentyabr).
  3. Sean Endicott. „A new version of Office is on the way that doesn't require a subscription“ (en). Windows Central (2020-yil 23-sentyabr).
  4. Greg Taylor. „Exchange News and Announcements – Microsoft Ignite 2020 Edition“ (en). Exchange Team Blog. Microsoft (2020-yil 22-sentyabr).
  5. Tom Warren. „Microsoft announces Office 2021, available for Windows and macOS later this year“ (en). The Verge (2021-yil 18-fevral).
  6. Sean Endicott. „Microsoft announces Office 2021 and Office LTSC“ (en). Windows Central (2021-yil 19-fevral). 2021-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-mart.
  7. „Microsoft анонсировала Office 2021“ (ru). Вести.net (2021-yil 19-fevral).