Kontent qismiga oʻtish

Windows 11

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Operatsion tizim
Windows 11
Ishlab chiquvchi Microsoft
OT oilasi Windows NT
Negizi Windows 10
Negiz kodi yopiq (ayrim ilovalari ochiq manba kodli)
Ilk e’lon qilinishi 5-oktyabr 2021-yil 5-oktyabr, 2021-yil (3 yil avval) (2021-10-05)
Soʻnggi versiyasi 10.0.22000.282 21-oktyabr, 2021-yil (3 yil avval) (2021-10-21)
Tugal versiyalar yangilanish chastotasi Yiliga bir marta - 2022-yildan oktyabr oyida
So’nggi test versiyasi  (10.0.22483.1011 22-oktyabr, 2021-yil (3 yil avval) (2021-10-22))
Yangilanish uslubi Windows Yangilanish markazi
Microsoft Store
ISO obrazi orqali
Windows Yangilanish serveri xizmati (WSUS)
Qo’llash tillari 110 ta (jumaladan oʻzbek tilini ham qoʻllaydi)
Qo’llaydigan platformalari x64
ARM64
Yadro tipi gibrid (Windows NT yadrosi asosida)
Interfeys Windows shell (GUI) “Fluent Design”
Litsenziya EULA
Holati faol
Oldingisi Windows 10 (2015)
Veb sayt microsoft.com/windows/windows-11

Windows 11Windows 10 operatsion tizimining davomchisi hisoblanib, Microsoft tomonidan Windows NT oilasiga mansub boʻlgan shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimdir. Uning ilk taqdimoti 2021-yil 24-iyunda boʻlib oʻtdi[1]. Windows 11 2021-yil 5-oktyabrda Windows 10 bilan ishlaydigan muvofiq qurilmalar uchun Windows Update orqali bepul yangilanish sifatida chiqarildi[2]. Aynan xuddi sanada Microsoft Office 2021 chiqarilganligi eʼlon qilindi[3][4][5].

Ishlab chiqish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Windows 10 operatsion tizimi chiqarilgandan soʻng, Microsoft Windows 10 operatsion tizimini “Windowsning soʻnggi versiyasi” boʻlishini aytgan edi[6][7]. Operatsion tizimda vaqt oʻtishi bilan yangi tuzilmalar va yangilanishlar chiqarilishiga zarurat bor deb qarala boshladi. Biroq, Windowsning yangi versiyasi yoki qayta ishlab chiqilishi haqidagi taxminlar 2021-yil yanvar oyida, Microsoft tomonidan “Windowsni vizual yoshartirishi”ga tegishli ish roʻyxati eʼlon qilinganidan keyin paydo boʻldi[8]. Xabar qilinishicha, «Sun Valley» (Quyoshli oʻlka) kod nomi ostida ishlab chiqilgan Windows uchun vizual yangilanish tizim foydalanuvchi interfeysini qayta loyihalashtirishga moʻljallangan[9]. 2021-yil 15-iyunda Internet tarmogʻida Windows 11 operatsion tizimining taxmin qilingan beta versiyasi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Unda ishlab chiqish bekor qilingan Windows 10X interfeysiga oʻxshash interfeys, shuningdek Windows 11 uchun qayta ishlangan koʻrinish va savdo belgisi namoyish etildi[10].

Microsoft Build 2021 dasturchilar konferentsiyasida Microsoft bosh direktori Satya Nadella Windowsning keyingi avlodi haqida soʻz yuritdi. U bir necha oydan beri yangi operatsion tizim ustida ishlanayotganligi hamda yaqin orada uning rasmiy taqdimoti boʻlishini aytdi[11]. Nadella nutqidan bir hafta oʻtib, Microsoft Windowsning 2021-yil 24-iyunga rejalashtirilgan tadbiriga taklifnoma yuborishni boshladi[12][13]. 21-iyun kuni Microsoft Windows 11 ustida ishlayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

24-iyun kuni Microsoft Windows 11 rasmiy taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir 11:00 (Nyu-York vaqti bilan), 16:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlandi. Unda bolgʻusi operatsion tizim yangiliklari namoyish etildi.

Ushbu tizim “Microsoft Fluent Design” deb nomlanuvchi yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega. Butun tizim shaffoflik, soyalar va yumaloq burchaklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi[14]. Qayta ishlangan Ishga tushirish («Pusk») menyusi joriy etildi, u vazifalar paneli oʻrtasida joylashgan (lekin uni avvalgidek joylashtirish mumkin), jonli plitkalar mavjud emas. Vazifalar paneli ham markazlashtirilgan va soddalashtirilgan[10]. Windows 10ʼda ilgari taqdim etilgan Vazifalarni koʻrish funksiyasi yangilangan dizayn asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek yangi tizim ikonkalari, tovushlar va vidjetlar qoʻshilgan[15].

Windows 11 yangilangan Segoe UI Variable shriftini oʻz ichiga oladi. Shrift oldingi Segoe UI shriftida hisobga olinmagan zamonaviy yuqori DPI displeylarini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan[16].

Ishlab chiquvchilar Windows 11ʼda fon vazifalari bilan ishlashni yaxshiladilar, bu esa uni avvalgidan koʻra tezroq va samaraliroq ishlashini taʼminlashga olib keladi.

Kirish va oʻchirish ekranlari uchun standart koʻk rang sxemasi qora rang bilan almashtirildi. “Oʻlik koʻk ekran” (BSOD) ham qora rangga oʻzgartirilgan[17].

Oʻzgarishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilovalar va boshqa kontentlar uchun yagona doʻkon sifatida xizmat qiluvchi “Microsoft Store” Windows 11ʼda qayta ishlab chiqildi. Endi Microsoft ishlab chiquvchilarga Win32, Progressive Web Apps va boshqa qadoqlash texnologiyalarini standart Universal Windows Platform ilovalari bilan bir qatorda “Microsoft Store”da tarqatish imkonini yaratdi[18].

“Microsoft Teams” hamkorlik platformasi Windows 11 foydalanuvchi interfeysiga kiritildi va unga vazifalar paneli orqali kirish mumkin. Bu platforma Skype oʻrniga taklif etildi[19][20][21]. Chunki bunday platformalarga COVID-19 pandemiyasi sharoitida talab oshganligi hisobga olindi.

Shuningdek Windows 11 “Chromium”ga asoslangan “Microsoft Edge” veb-brauzeri bilan taʼminlandi. Bu brauzer “Internet Explorer”ni oʻz ichiga olmaydi hamda qoʻllamaydi[22].

Yangilangan Xbox ilovasi, shuningdek Xbox Series X/Sʼda taqdim etilgan “Auto HDR” va “DirectStorage” texnologiyalari Windows 11ʼga qoʻshildi. Shu bois operatsion tizimga kompyuterda “DirectX12” grafik kartasi hamda “NVMe-SSD”ni qoʻllashi talab etiladi.

Vazifalar panelidagi tugmani bosish orqali vidjet paneli mavjud. Vidjetlar MSN xizmatidan yangiliklar, sport, ob-havo hamda moliyaviy maʼlumotlarni koʻrsatib boradi[23][24].

Android uchun Windows quyi tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk versiyalarda bu funksiya kiritilmagan boʻlsa-da[25][26], kelgusi 2022-yilga moʻljallangan Windows 11ʼning yangilanishida rasman foydalanuvchilarga Android uchun yangi Windows quyi tizimi (WSA) va Android ochiq manba loyihasi (AOSP) yordamida Android ilovalarini oʻrnatish va ishga tushirish imkonini berish koʻzda tutildi (biroq buni oktyabr yangilanishida ham qilish mumkin). Android ilovalarni Microsoft Storeʼdagi “Amazon Appstore” orqali olish mumkin[27]. Ilovalarni ishga tushirish uchun Microsoft hisob qaydnomasi, Amazon hisob qaydnomasi, “Amazon Appstore” mijozining bir martalik oʻrnatilishi hamda kompyuterda 8 Gb yoki undan koʻp tezkor xotira (RAM) talab etiladi[28][29][30][31][32]. Bundan tashqari foydalanuvchilar Android ilovalar toʻplami (APK) fayl formatidan foydalanib, har qanday manbadan Android ilovalarini koʻchirib olib oʻrnatishlari mumkin.

Minimal tizim talablarining bir qismi sifatida Windows 11 faqat Ishonchli platforma moduli (TPM) 2.0 xavfsizlik protsessoriga ega qurilmalarda ishlaydi[33]. Microsoft maʼlumotlariga koʻra, TPM 2.0 protsessori proshivka va qoʻshimcha qurilmalarga hujumlardan himoyalanish uchun “oʻta muhim” hisoblanadi. Bundan tashqari, Microsoft endi Windows 11 qurilmalarida oʻrnatilgan va standart Virtualizatsiyaga asoslangan xavfsizlik (VBS), “Hypervisor Protected Code Integrity” (HVCI) va “Secure Boot” boʻlishini talab qiladi. Operatsion tizim, shuningdek, nol kunlik ekspluatatsiyadan himoya qilish uchun qoʻllab-quvvatlanadigan Intel va AMD protsessorlari uchun uskunalar toʻplamidan himoyalanishga ega.

Oldingi (Windows 10) kabi Windows 11 ham Windows Hello orqali ko'p faktorli autentifikatsiyani va biometrik autentifikatsiyani qoʻllab-quvvatlaydi.

Tizim talabnomasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Windows 11 faqat 64 bitli versiyada taqdim etiladi. Eʼlon qilingan vaqtda minimal tizim talablari:

  • ikki yoki undan koʻp yadroli 1 gigagertsli protsessor;
  • 4 GB tezkor xotira (DDR), lekin 8-16 GB tezkor xotira boʻlsa maqsadga muvofiq boʻladi;
  • 64 GB qattiq diskdan boʻsh joy;
  • DirectX 12/WDDM (Windows Display Driver Model) 2.xʼni qoʻllab-quvvatlovchi videokarta boʻlishi lozimligi aytilgan.
  1. „Представлена Windows 11“ (ru). Вести.Ру (2021-yil 24-iyun).
  2. „Panay, Panos (4-oktabr 2021-yil). "Windows 11: A new era for the PC begins today". Windows Experience Blog. Retrieved 4-oktabr 2021-yil.“ (en).
  3. Tom Warren. „Microsoft keeps hinting at an October release for Windows 11“ (en). The Verge (2021-yil 28-iyun).
  4. „Upgrade to the New Windows 11 OS | Microsoft“ (en-us). Windows.
  5. Сэм Спейд. „Windows 11 выйдет 4 октября. Владельцы Windows 10 смогут обновить систему бесплатно — Железо на DTF“. DTF (2021-yil 31-avgust).
  6. „Windows forever: Windows 10 builds will continue even after Microsoft ships it“ (en). PCWorld (2015-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  7. „Windows 10 Takes Its Place as Microsoft's 'Forever OS' -- Redmondmag.com“ (en-US). Redmondmag. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  8. Warren. „Microsoft planning ʻsweeping visual rejuvenation of Windows’“ (en). The Verge (2021-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  9. „Everything we know about Windows' big Sun Valley release so far“. Windows Central (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  10. 10,0 10,1 „Windows 11 Build Leaks, Shows a New Desktop UI, Start Menu, and More“. reviewgeek (15-iyun 2021-yil). 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  11. „Satya Nadella teases major updates coming soon to Windows during Build 2021 keynote“. Windows Central (25-may 2021-yil).
  12. „Microsoft to reveal its next generation of Windows on June 24th“. The Verge (2-iyun 2021-yil).
  13. „Microsoft Windows Event - Watch the June 24 LIVE stream“. Microsoft (2-iyun 2021-yil).
  14. „Windows 11 Leaks Indicate a Dramatic New Look Is Coming Soon“ (en-us). Gizmodo. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  15. „Leak Shows Off 'Windows 11' Ahead of Next Week's Microsoft Event“ (en). PCMAG. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  16. „Windows 11 features already in preview: Everything you can try right now“ (en-US). xda-developers (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  17. Tom Warren. „Microsoft’s Blue Screen of Death is changing to black in Windows 11“ (en). The Verge (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  18. „Microsoft is committed to the Microsoft Store with Windows 11“. Windows Central (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  19. Richard Lawler. „Microsoft didn’t kill Skype, but Windows 11 is shoving it out of sight“ (en). The Verge (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  20. Chris Welch. „Microsoft Teams will be directly integrated as part of Windows 11“ (en). The Verge (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  21. Tom Warren. „Microsoft announces Windows 11, with a new design, Start menu, and more“ (en). The Verge (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  22. Tom Warren. „Windows 11 is deleting Internet Explorer“ (en). The Verge (2021-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  23. Tom Warren. „Windows 11 leak reveals new UI, Start menu, and more“ (en). The Verge (2021-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  24. „Windows 11 has a new 'Widgets' panel that replaces News & Interests“. Windows Central (2021-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  25. Gabriel Erard. „Windows 11 se lanzará sin el soporte de apps de Android, una de sus características más esperadas“ (es). Hipertextual (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  26. „Windows 11: las aplicaciones de Android no llegarán este año a la plataforma de Microsoft“ (es). FayerWayer. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  27. „Windows 11 разрешит установку и запуск Android-приложений“ (ru). Вести.Ру (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  28. „Android applications in Windows 11 will require at least 8 GB of RAM“ (en-US). NewsWep (2021-yil 13-sentyabr). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  29. „Amazon and Microsoft create new opportunities for developers and increase return on investment in the Amazon Appstore : Appstore Blogs“. developer.amazon.com. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  30. Jordan Novet,Kif Leswing,Todd Haselton. „Microsoft just unveiled Windows 11: Here's everything it announced“ (en). CNBC (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  31. Tom Warren. „Microsoft is bringing Android apps to Windows 11 with Amazon’s Appstore“ (en). The Verge (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  32. Chaim Gartenberg. „Windows 11’s Intel-powered Android apps will run on AMD and Arm processors, too“ (en). The Verge (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  33. „Windows 11 won't work without a TPM - What you need to know“ (en-us). BleepingComputer. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.