Mihailo Milovanović
Mihailo Milovanović | |
Avtoportret | |
Tavalludi | 24-fevral 1879-yil Serbiya |
Vafoti | 28-noyabr 1941-yil Yugoslaviya |
Millati | Serb |
Sohasi | Rassom, haykaltarosh, yozuvchi |
Mashhur suratlari | „Nonushta“, „Tinchlik“, „Artilleriya“ |
Mihailo Milovanović (24-fevral 1879-yil – 28-noyabr 1941-yil) – serb rassomi, haykaltarosh va yozuvchi. Serbiya Rassomlar uyushmasi (Udruženja likovnih umetnika Srbije) asoschilaridan biri, Birinchi jahon urushida Serbiya armiyasi oliy qoʻmondonligining jangovar rassomi[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1905-yilda Mihailo Milovanović Myunxendagi Tasviriy sanʼat akademiyasiga oʻqishga kiradi. Uning ustozlari professor Lyudvig Fon Gerterix va Gyugo Fon Xaberman edilar[1]. 1909-yilda akademiyada oʻqishni tugatgandan soʻng, Mihailo Milovanović Praga Badiiy akademiyasiga oʻqishga kiradi. 1912-yilda Milovanovich Serbiyaga qaytib keladi. Birinchi Bolqon urushi boshida u koʻngilli sifatida armiyaga qoʻshilishga qaror qiladi. Birinchi jahon urushi paytida Mihailo Serbiya armiyasi oliy qoʻmondonligi uchun urushni tasvirlab beruvchi rassomi sifatida tanilgan edi. Milovanović qirol Pyotr I, Regent Aleksandr, Pavle Yurisik-Shturm, Stepa Stepanovich, Radomir Putnik, Zivojin Misich, Petar Bojovich portretlarini chizgan[2]. 1938-yilda Belgradda uning rasmlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Mihailo Milovanović 1941-yil 28-noyabrda Uzice shahrida kommunistlar tomonidan vatanga xiyonatda ayblanib oʻldirilgan[1], posle obvineniya v predatelstve[3]. Mihailo Milovanović nomi 2004-yilgacha unchalik mashhur booʻlmagan va uning aksariyat asarlari Belgradning badiiy hokimiyati tomonidan yashirib kelingani maʼlum qilingan[4]. Rassomning oʻgʻli Momcilo Milovanovich koʻp yillar davomida otasi Mihailo Milovanovićning nomini tiklashga harakat qildi va uning asarlarini yigʻdi[3]. Ushbu sayi harakatlar tufayli 2004-yilda Uzice milliy muzeyi Mihailo Milovanovićga muzey taqdimotini shakllantirish yoʻlidagi qoʻshgan hissasini alohida takidlagan holda, uning oʻgliga tegishli nominatsiyada mukofotlarni topshirdi. 2007-yilda Uzice tuman sudi Mihailo Milovanovićning nomini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi, rassom siyosiy va mafkuraviy sabablarga koʻra taʼqib hamda zoʻravonlik qurboni sifatida hayotidan mahrum boʻlgan deya qaror qabul qilindi[1][3].
Rassom suratlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Mixaylo Milovanovich, zabitiy avtor portretov serbskix voevod. Dragana Kelech, 2013
- ↑ „LAŽNO OPTUŽEN I STRELJAN: Delo Mihaila Milovanovića, nosioca Albanske spomenice, nadživelo je ideološke dželate“ (sr). NOVOSTI. 2023-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Nasledie xudojnika Mixaila Milovanovicha
- ↑ „Михайло Милованович — Mihailo Milovanović“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.