Kontent qismiga oʻtish

Bunyodkor stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Milliy stadionidan yoʻnaltirildi)
Bunyodkor stadioni
Bunyodkor stadioni
Sobiq nom(lar)i Bunyodkor stadioni
Joyi  UZB Oʻzbekiston, Toshkent
Asos solingan 2008-yil 13-noyabr
Qachon qurilgan 2008—2012
Qachon ochilgan 2012-yil 28-sentyabr
Egasi Bunyodkor futbol klubi
Operator Oʻzbekiston futbol federatsiyasi
Yuzasi tabiy chim
Inshoot narxi 228,7 mln yevro [1]
Meʼmor  Germany GMP Architects
Hajmi 34.800
Maydon oʻlchami 105m x 68m
Maydon egalari
Bunyodkor, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi

Bunyodkor stadioni — Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi[2][3][4][5][6].

Toshkent shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi[7][8].

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.

Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, Mirodil Jalolovga tegishli ekani aytiladigan „Zeromaks“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi.[9]

Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi sayti maʼlumotiga koʻra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 mingdan iborat boʻldi, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens-zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.

120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.

Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Stadion qurilishi 2009-yilda boshlangan. Stadionning ilk poydevorini qoʻyishda Ispaniyaning „Barcelona“ futbol klubining oʻsha paytdagi prezidenti Joan Laporta va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov ishtirok etgan. Stadion qurilishi 2012-yil avgust oyida yakunlangan. Stadionning ochilishi, 2012-yil 28-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Islom Karimov ishtirokida oʻtkazilgan, shuningdek, muxlislar va tomoshabinlar bilan toʻla boʻlgan.[10] Stadionning tantanali ochilishi taniqli oʻzbek estrada xonandalarining kuy-qoʻshiqlari bilan boʻlgan, shuningdek, Toshkentning „Bunyodkor“ va „Paxtakor“ futbol klublari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Oʻzbekiston futbolining 100 yilligiga toʻgʻri kelgan[11].

Stadion Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasida joylashgan. „Milliy“ Stadioni — 34 000 tomoshabinga moʻljallangan, ikki qavatli va 50 dan ortiq sektorga ega. VIP (taxminan 50 oʻrin / kabina) va CIP (700 oʻrinli) qutilari mavjud. Nogironlar aravachasida foydalanuvchilar uchun bir necha oʻnlab joylar mavjud. Stadionda restoran va kafe-barlar, tez ovqatlanish korxonalari, hojatxonalar, fitnes klublari va boshqa ob’ektlar va punktlar mavjud.

Ikkita yirik monitor, zamonaviy yoritish tizimi — 3000 lyuks, zamonaviy audiotizim, futbolchilar va jamoa aʼzolari uchun toʻrtta kiyim almashtirish xonasi, konferensiya zali va boshqa yordamchi xonalar va jihozlar mavjud. Stadion ostida 350 ta mashinaga moʻljallangan avtoturargoh mavjud. Shuningdek, stadion hududida „Oʻzbekiston futboli tarixi muzeyi“ joylashgan boʻlib, unda „Bunyodkor“ futbol klubining kuboklari, shuningdek, futbolga oid boshqa buyumlar, fotosuratlar va koʻrgazmalar taqdim etilgan. Stadion maydoni zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradi. Maydonning oʻlchami 105 ga 68 metrni tashkil qiladi.

„Milliy“ stadioni majmuasi 37 gektar maydonni egallab, asosiy stadiondan tashqari yana yettita zamonaviy maydonga ega. Shuningdek, majmua hududida bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari hamda boshqa infratuzilma ob’ektlari joylashgan. Kechqurun stadion fasadini „Sharq alangasi“ deb nomlangan yoritish tizimi yoritadi.[12]

  1. 10 samix novix futbolnix stadionov mira
  2. Davlatimiz rahbari yangi barpo etilgan „Bunyodkor“ sport kompleksiga tashrif buyurdi (Wayback Machine saytida 2013-12-02 sanasida arxivlangan), Bunyodkor PFK sayti
  3. V Tashkente sekretno gotovyat otkritie stadiona „Bunedkor“
  4. „Расман! “Бунёдкор” стадиони “Миллий стадион”га айлантирилди (фото)“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  5. „"Миллий" стадиони яна "Бунёдкор" деб аталадими?“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  6. „«Миллий» стадиони қайтадан «Бунёдкор» дея номланди“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  7. V Tashkente na novom stadione „Bunedkor“ proshlo prazdnovanie 100-letiya uzbekskogo futbola, 2013-11-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-26
  8. „«Бунёдкор» стадиони яна эски номига қайтди. «Миллий» номи олиб ташланди“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  9. „V Tashkente torjestvenno otkrit stadion „Bunedkor““. 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-mart.
  10. „Архив: Ўзбекистоннинг биринчи Президенти Ислом Каримов "Бунёдкор" стадионининг очилиш маросимида (видео)“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  11. „U-23 Osiyo kubogi. "Bunyodkor" stadioni finalga tayyor“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  12. https://m.kun.uz/news/2022/06/29/bunyodkorda-akademiya-va-stadion-direktori-ozgardi