Kontent qismiga oʻtish

Mingtepa (inshoot)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mingtepa – dafn inshooti qoddigʻi. Toshkent viloyati Ohangaron voyaiysida joylashgan. 2-3 km² maydonni egallagan 1000 ga yaqin doʻnglik (diametri 2,5 m dan 30 m gacha, balandligi 0,5—3,5 m) dan iborat. M.ning 7 guruhi mavjud: Toʻytepa qishlogʻi jan.dagi Toʻytepa, Pskent qishlogʻining jan.-sharqidagi Pskent, jan.-sharqiy Alimkent, Boʻka qishlogʻidan 4,5 km uzoklikdagi Boʻka, Olmaliqsoy va Noqpoy oʻrtasidagi Noqpoy, Qoraxitoy qishlogʻining shim.gʻarbidagi Qoraxitoy, Oqcha qishlogʻining sharqidagi Okcha M.ning asosini gumbazli hujralar va pastbaland yertoʻlalar tashkil etadi. Qabrlardan har xil qurol, ziynat buyumlari, dastasi hayvon shaklida ishlangan idishlar topilgan. Topilmalar miloddan avvalgi 1-asrdan milodiy 57-asrlargacha boʻlgan davrlarda yashagan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi xalqlarga mansub.

  • Masson M. Ye., Axangeran. Arxeolo-gotopograficheskiy ocherk, T., 1953.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil