Mir Imod Mashhadiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mir Imod Mashhadiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. “Musaviy” taxallusi bilan ijod qilgan. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning donishmand, xushxulq va xushtabʼ kishi ekanligi, muammo ilmida mohirligi, Mashhad shoirlari uning huzurida yigʻilib, aytgan har bir soʻziga itoat qilishlari haqida maʼlumot beradi[1][2].
“Majolis un-nafois”da uning Kamol Xoʻjandiyga javoban yozgan quyidagi bayti keltirilgan:
Guft: Bo chashmat bigoʻ, to juz xayoli roʻyi mo,
Surati digar nayorad dar nazar, guftam: “Ba chashm”.
(Mazmuni: Koʻzingga ayt, bizning yuzimiz xayolidan boshqa hech bir suratni nazariga keltirmasin, dedi. Men “koʻzim ustiga” (yaʼni, jonim bilan), dedim).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |