Miriy (Toshkent)
Miriy, Shoiq (taxallusi; asl ismsharifi Mirahmadxon Mirabdurahmon oʻgʻli) (1833 - Toshkent -1916) - oʻzbek shoiri, xattot, tarjimon.
Margʻilon va Buxoroda oʻqigan. Toshkent madrasalarida mudarrislik qilib arab va fors tillaridan dars bergan, shogirdlariga nastaʼliq va nasx xatlarini oʻrgatgan. Oʻzbek, arab va fors tillarida ijod qilgan. Bedil gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. Sheʼrlarining koʻpchiligi anʼanaviy ishqiy mavzuda ("Ey jamoling shavqidin...", "Yotdim adam saxrosida..."). Ayniqsa, 20-asr boshlarida kam yozilgan taʼrix ustasi boʻlgan. "Fiqhi Akbar" nomli arabcha asarni "Ikdi durar sharhi fikh al-Akbar" nomi bilan sheʼriy tarjima qilib (1898), Toshkentda 1908-yilda chop ettirgan.
Sheʼrlari turli bayozlarda va Moʻminjon Muhammadjonov — Toshqinning "Toshkentlik va Toshkentda boʻlgan oʻzbek shoirlarining tarjimai xrllari" kitobida uchraydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |