Kontent qismiga oʻtish

Mirobod tumani

Koordinatalari: 41°16′33.6″N 69°17′37.0″E / 41.276000°N 69.293611°E / 41.276000; 69.293611
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Miroboddan yoʻnaltirildi)
Mirobod tumani
tuman
41°16′33.6″N 69°17′37.0″E / 41.276000°N 69.293611°E / 41.276000; 69.293611
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Toshkent
Hukumat
Asos solingan 1929-yil
Maydon 28.58 km2 (11.03 kv mi)
Aholisi
 (2009)
122 800
Mirobod tumani xaritada
Mirobod tumani
Mirobod tumani

Mirobod tumani (1992-yilgacha Lenin tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977-yildan buyen oʻzgarmagan. Tuman T.ning janubiy qismida joylashgan. Shimoliyda Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Maydoni 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi —0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, T. Shevchenko, Fargʻona yoʻli va boshqa kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Mirobod tumani janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimolidan Yunusobod, shimoli-gʻarbdan Yakkasaroy, janubi-gʻarbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva,. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining "Oybek", "Toshkent" stansiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi.

Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subʼyektlaridir. Toshkent shahri boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5% ni tashkil etadi. "Oʻzelektroapparat", "Oʻzkimyofarm", "Foton", "Tong" aksiyadorlik jamiyatlari, "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir", "Uchqun" kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.

Mirobod tumanida asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmogʻi boʻyicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziqovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yogʻochni qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori oʻsish surʼatlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi.

Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi "Oʻzbekiston havo yoʻllari" va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyalariga toʻgʻri kelib, Toshkent shahri boʻyicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga toʻgʻri keladi.

Tumandagi oʻzida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar "Uzelektroapparat", "Foton" aksiyadorlik jamiyatlari, "Kvark", "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir", "Tashelektroapparat" korxonalari va boshqadir.

Mirobod tumanida Mirobod bozori, aeroport, temir yoʻl vokzali, 17 umumiy taʼlim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy oʻquv yurti (Toshkent Vestminster universiteti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmatsevtika, Toshkent temir yoʻllari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yoʻllar institutlari), 5 oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatadi. Ulardan 108 oziqovqat, 55 sanoat mollari doʻkonlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostatsionar savdo shoxobchalaridir.

Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogi, Le Meridian otel Tashkent Palace, "Poytaxt" mehmonxonalari, 7 kutubxona, Sanʼat, Temir yoʻl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Markaziy koʻrgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 2tugʻruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yoʻl, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1sonli), Toshkent shahar yoʻlovchitransport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiyasab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy maydoni 1432,1 ming m2.