Kontent qismiga oʻtish

Yakkasaroy tumani

Koordinatalari: 41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yakkasaroy tumani
Tuman
41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Hukumat
 • Hokim Nulufar Allabergenova
Asos solingan 1936-yil
Maydon 14.60 km2 (5.64 kv mi)
Aholisi
 (2022)
125 500
Yakkasaroy tumani xaritada
Yakkasaroy tumani
Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumani yoki Yakkasaroy – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy tuman. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil tuman Yakkasaroy tumani deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy qismida joylashgan. Yakkasaroy hududi boʻyicha shaharning eng kichik tumani hisoblanadi. Toshkentning Toshkent viloyati bilan umumiy chegarasiga ega boʻlmagan yagona tumani. Poytaxtning markaziy qismida joylashgan. 2022-yilgi hisob boʻyicha maydoni 1460 gektarni, aholisi 125,5 ming kishini tashkil etadi[1] [2].

1936-yil 26-avgustda Toshkent shahrining Frunze tumani tashkil topgan. Bu hudud Sovet davlat arbobi va harbiy arbobi Mixail Vasilyevich Frunze sharafiga nomlangan. 1992-yil 8-mayda tuman Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani deb oʻzgartirildi.

Joylashuvi va chegarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumani Shimolda Shayxontohur tumani, sharqda Mirobod tumani, janubda Sergeli tumani, gʻarb va janubi-gʻarbda Chilonzor tumani bilan chegaradosh.

Shayxontoxur tumani bilan chegarasi Islom Karimov koʻchasi (sobiq Oʻzbekiston koʻchasi) boʻylab oʻtadi.

Mirobod tumani bilan chegara Sharaf Rashidov koʻchasi, Mirobod koʻchasi, Katta Mirobod koʻchasi, Ivleva koʻchasi, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi va Oq yoʻl koʻchasi boʻylab oʻtadi.

Sirgʻali viloyati bilan chegarasi Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻylab oʻtadi.

Chilonzor tumani bilan chegarasi Boʻrjar kanali boʻylab oʻtadi.

Yakkasaroy tumani hududidan Bo'rjar va Salor kanali oqib oʻtadi. Hududning koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1300 gektarni tashkil etadi (hududning 89%).

Yakkasaroy tumanida 196 ta koʻcha mavjud boʻlib, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchasi, Usmon Nosir koʻchasi, Shota Rustaveli koʻchasi, Nukus koʻchasi, Oʻzbekiston koʻchasi, Afrosiyob koʻchaslari asosiylari hisoblanadi. Tuman hududida „Oʻzbekiston“ yoʻnalishidagi "Kosmonavtlar" metro bekati, „Toʻqimachi“ yuk stansiyasi, „Toshkent“ janubiy vokzali va avtovokzal joylashgan.

Yashash madoni (Uy-joy fondi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, „Boshliq“ va „Qushbegi“ turar joy massivlari joylashgan.

Korxonalar va tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumanida 21 ta mahalla mavjud. Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Yakkasaroy tumanida 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 9938 birlikni tashkil qilib, shundan 9665 birlik yoki 97,3 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo – 2612 birlik, sanoat – 1249 birlik, qurilish – 956 birlik hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 800 birlik sohalariga to‘g‘ri keladi [2]. 3 ta avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi va avtovokzal xizmat qiladi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Taʼlim va madaniyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududida 26 loyiha instituti va konstruktorlik byurolari, A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti mavjud. Oliy raqs va xoreografiya maktabi, Qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi koʻrgazmalar zali bor[3].

Madaniy meros obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy hududida Shoshtepaning tarixiy obidalari (miloddan avvalgi IV asr) hamda tarixiy qal’a darvozalari (1880) bor.

  1. Toshkent.uz – Yakkasarayskiy rayon (Wayback Machine saytida 2016-02-26 sanasida arxivlangan) (uzb).
  2. 2,0 2,1 YAKKASAROY TUMANINING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI 2022-YIL YANVAR-IYUN
  3. „Yakkasaroy tuman tashkilot va muassasalari“.