Kontent qismiga oʻtish

Miskin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miskin
Tavalludi
Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli

1880
Vafoti 1937
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Taʼlimi Koʻkaldosh madrasasi
Kasbi Shoir, temirchilik, baqqol, novvoy

Miskin (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli; 1880-yil – Toshkent – 1937-yil) – shoir.

Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli Miskin 1880-yilda Toshkentda tugʻilgan. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shugʻullangan. Balandmachitdagi maktabda, soʻng Koʻkaldosh madrasasida oʻqigan. Temirchilik, baqqollik, novvoylik bilan shugʻullangan. 12 yoshidan „Miskin“ taxallusi bilan ilm-maʼrifatni targʻib qilib, zulm va zoʻrlik, bidʼat va xurofatni qoralagan[1]. Dastlabki sheʼrlari muhabbat mavzusida boʻlgan. Koʻp oʻtmay, sheʼriyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uygʻonishida katta xizmat qilgan „Shuhrat“ gazetasini sheʼr bilan quvvatlab chiqqan.

Miskin sheʼrlarida xalq ommasini asriy jaholatdan uygʻonishiga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini singdirish, ularni haq-huquqi uchun kurashga uygʻotishda oʻz hissasini qoʻshgan. Miskinning avtobiografik sheʼrlari shoir hayotining ogʻir va murakkab kechganini koʻrsatadi.

Miskin sheʼrlaridan ikki devon tuzgan. 200 sahifadan koʻproq birinchi devondan 1925-yilgacha yozilgan va chop etilgan sheʼrlari joy olgan. Soʻnggi sheʼrlari esa ikkinchi devonda jamlangan boʻlib, 160-170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning taqdiri nomaʼlum. 70 ga yaqin sheʼrlarigina saqlangan. Ushbu sheʼrlar shoirning oʻz qalamiga, oʻz ovoziga ega boʻlgan, adabiyotimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan isteʼdod sohibi ekanligini koʻrsatadi. Sheʼrlari shu paytga qadar toʻplangan, oʻrganilgan emas. Toshkentda Miskin nomida koʻcha va mahalla bor[2]. Miskin 1937-yilda Toshkentda vafot etgan[1].

  • Armugʻoni Xislat
  • Savgʻoti Xislat
  • Bayozi Mujallo
  • Bayozi Haziniy
  • Savgʻoti Sidqiy
  • Asrlar nidosi, T., 1982;
  • Qosimov B., Salom, kelajak, T., 1986.
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil