Kontent qismiga oʻtish

Miss USA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Miss USA“ tanlovining logotipi

„Miss USA“— Amerika goʻzallik tanlovi hisoblanib, u 1952-yildan beri har yili „Miss Universe“ tanlovida Amerika Qoʻshma Shtatlaridan ishtirokchini tanlash uchun oʻtkazib kelinadi. „Miss Universe“ tashkiloti 2020-yilgacha „Miss USA“ va „MissTeen USA“ tanlovlarini 2008-yil uchun AQSh goʻzali hisoblangan Kristl Styuartga litsenziyalashini eʼlon qilgunga qadar har ikkala tanlovni hamda „Miss Teen USA“ tanloviga ham boshchilik qilgan.

Tanlov 1996-yildan 2015-yilgacha Donald Trampga tegishli boʻlib, avvalroq NBC telekanali orqali namoyish etilar edi. 2015-yil sentabr oyida WME / IMG tanlovni Trampdan sotib olgan[1]. 2020- yilda FYI tarmogʻi birinchi marta musobaqani translyatsiya qilgan.

Hozirgi „Miss USA“ Kentukkilik Elle Smit boʻlib, unga 2021-yil 29-noyabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahridagi River Spirit Casino Resortdagi „Paradise Cove“ teatrida toj tantanali ravishda taqdim etilgan.

„AQSh goʻzali“ tanlovi 1950-yilda „Miss America“ tanlovi gʻolibi Yolande Betbeze choʻmilish kiyimida suratga tushishdan bosh tortganidan yuzga keldi. Shu voqea sababli Tanlov homiysi Katalina tanlovning homiyligini tortib olish hamda oʻz raqobatini yaratishga qaror qilgan. Boshqa egalar orasida „ Gulf+Western Industries“, „ITT Corporation“ va Donald Trumpning korxonasi bor edi.

Birinchi „Miss USA“ va „Miss Universe“ tanlovlari bir vaqtning oʻzida Kaliforniyaning Long-Bich shahrida 1952-yilda oʻtkazildi. Miss Amerika gʻolibi Nyu-York AQSH Missi Jeki Lougheri boʻlgan[2]. Tanlovning dastlabki yilida 30 delegat ishtirok etgan. 1970-yillardan boshlab har bir shtat hamda Kolumbiya okrugi har yili bir delegat yuboradigan boʻldi. Alyaska ilk marta 1959-yilda va Gavayi 1960-yilda musobaqalarda qatnashgan. Ikkala davlat ham shu vaqtga qadar „Miss Universe“ tanlovida qatnashmagan edi.

Ketrin Xeyk, 2015-yilgi “Miss Amerika” va Oliviya Jordan, “Miss Teen USA” tanlovida

Gʻolib „Miss Universe“ tashkiloti bilan bir yillik shartnoma tuzgan. U, shuningdek, moda namoyishlari va ochilish marosimlari kabi tadbirlarga eksklyuziv kirish huquqiga ega boʻlardi. Shu bilan birga Nyu-York shahri boʻylab kasting qoʻngʻiroqlari va modellashtirish imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega edi. Donald Tramp tanlovning egasi boʻlgan paytida gʻolibga oʻz hukmronligi davrida Nyu-York shahridagi „Trump Pleys“ kvartirasidan foydalanish huquqi bergan edi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi javob

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Miss USA 2020“ tanlovi har doim bahor yoki yoz jadvalida boʻlib oʻtishi odat tusiga aylangan edi. , Qoʻshma Shtatlarda davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi sababli tanlov ilk marotaba kuzga yaʼni noyabr oyiga qoldirildi va noyabr oyida vaziyatdan kelib chiqgan holda oʻtkazildi.

Zamonaviy tanlov tanlovdan bir hafta oldin oʻtkaziladigan dastlabki tanlovdan iborat boʻlib, unda barcha ishtirokchilar mayo, kechki libos hamda intervyu tanlovlarida baholanishlari va ushbu shartlardan oʻtishlari zarur edi[3].

Davlat musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kali Rayt, „Miss Minnesota“ va Leyn Mansur, „Missisipi AQSh 2018“ gʻoliblari Barsdeyl havo kuchlari bazasida

Har yili ariza beruvchilar har yili oʻtkaziladigan shtat tanlovida 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan „Miss USA“ tanlovi uchun oʻz delegatlarini tanlashlari kerak edi. 

„AQSh goʻzali 2019“ tanlovida gʻolib chiqqan eng keksa ayol Shimoliy Karolinalik Chesli Krist boʻlgan.U tanlov vaqtida 28 yosh-u 4 kunlik edi.

1962-yilda „AQSh goʻzali“ tanlovida gʻolib boʻlgan birinchi osiyolik ayol Gavayilik Macel Uilson edi. Ilk ispan ayol 1985-yilda Texaslik Laura Martinez-Herring boʻlgandi. Birinchi afro-amerikalik gʻolib 1990-yilda Michiganlik Kerol Gist edi[4]. 2010-yilda AQShning ilk musulmon goʻzali Michiganlik Rima Fakih edi.

„Miss USA“da eng koʻp taqdim etiladigan mukofotlar „Miss Amity“ hamda „Miss Photogenic“ mukofotlari hisoblanardi.

Luiziana „Miss Amity“ va „Miss Photogenic“ mukofotlarini „Miss USA“ tanlovida qoʻlga kiritgan ilk gʻolib edi.

 

  1. „WME-IMG ACQUIRES THE MISS UNIVERSE ORGANIZATION“ (14-sentabr 2015-yil). 16-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2016-yil.
  2. Colon, Marisa. Long Beach, Calif., Consultant Coaches Beauty Contestants. Press-Telegram (1999-yil 28-may).
  3. Beauty business – as usual;Miss USA contest fights the blemishes. USA Today (1988-yil 1-mart), s. 01D.
  4. 'Royalty' Happy Overseas. Albuquerque Journal (2001-yil 16-may), s. D2.