Mitsuke
Mitsuke 見附市 | |
---|---|
Shahar | |
37°31′53.7″N 138°54′45.9″E / 37.531583°N 138.912750°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1887-yil 1-aprel |
Maydon | 7,701 km2 (2,973 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil dekabr) |
39 908 |
Zichligi | 510 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0258-62-1700 |
|
Mitsuke (yaponcha: 見附市 Mitsuke-shi ) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharda 15.139 ta xonadonda 39.908 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 510 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 77,01 kvadrat kilometrni (29,73 mi²) ga teng va bu Niigata prefekturasining maydoni boʻyicha eng kichik shahri hisoblanadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsuke Niigata prefekturasining geografik markazi yaqinidagi ichki mintaqada joylashgan boʻlib, unda "Niigata kindigi" (yaponcha: 新潟のへそ Niigata no heso ) deb nomlangan yodgorlik mavjud. Shahar Niigata prefekturasi poytaxtidan taxminan 50 kilometr va Tokio markazidan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kariyata daryosi shahar chegarasida Shinano daryosiga qoʻshilishdan oldin, shahar markazini shimoliy va janubiy tumanlariga ajratadi. Asosiy aholi punkti, sobiq Mitsuke-cho daryoning shimoliy qirgʻogʻida oʻrnashgan boʻlib, ilgari tez-tez suv toshqinlariga sodir boʻlgan. Shaharning sharqiy qismi baland tepaliklardan iborat hudud, gʻarbiy qismi esa tekisliklardan tarkib topgan. Shahar sharqdan gʻarbga 11,5 kilometr, shimoldan janubga 14,7 kilometrga choʻzilgan.
Eng baland joyi dengiz sathidan 300 metr, eng pasti esa 10 metr balandlikda joylashgan. Shahar hududining 50 % dan ortigʻi qishloq xoʻjaligi yerlari hisoblanib, asosan shaharning shimoliy hududida joy olgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsuke nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Mitsuke shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2176 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,1 °C, eng past harorat esa yanvarda, 0,6 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Mitsuke aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 40,443 | — |
1970 | 41,059 | +1.5% |
1980 | 41,833 | +1.9% |
1990 | 43,116 | +3.1% |
2000 | 43,526 | +1.0% |
2010 | 41,862 | −3.8% |
2020 | 39,237 | −6.3% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Mitsuke hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida hudud Tokugava syogunati ostida Nagaoka, Muramatsu va Shibata domenlari oʻrtasida boʻlib olingan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Niigata Minamikanbara tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Mitsuke shahri 1887-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan bunyod etilgan. 1954-yil 31-martda u shahar maqomiga koʻtarildi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsuke toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 17 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Mitsuke shahrida Niigata prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 4-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsuke anʼanaviy ravishda ipak toʻqish sanoati bilan mashhur boʻlgan. Shahar hozirda trikotaj va sintetik matolar ishlab chiqarish bilan nom qozongan. Asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sholi va tamaki hisoblanadi. Mitsuke neft konlari bir vaqtlar Yaponiyadagi eng zaxirasi katta neft konlaridan biri boʻlgan. Mitsuke Canon Tokki korporatsiyasining markzai hisoblanadi. Bu OLED ekranlarini ishlab chiqarish uchun vakuum mashinalar yetkazib berish boʻyicha jahon bozoridagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitsuke shahar hukumati tomonidan boshqariladigan sakkizta davlat boshlangʻich maktabi va toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va bitta xususiy oʻrta maktab ham bor. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi bunyod etilgan.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]JR Sharqiy yoʻli — Shin'etsu magistral liniyasi
- Mitsuke
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 8
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mimitori ziyoratgohi, Milliy tarixiy qadamjo
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Mitsuke haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)