Kontent qismiga oʻtish

Mixail Gayvoronskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Gayvoronskiy
Mixail Gayvoronskiy portreti
Mixail Gayvoronskiy portreti
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Mixail Gayvoronskiy
1892-yil 15-sentyabr
Zalishiki (hozirgi Ukraina, avval Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan)
Vafoti 1949-yil 11-sentyabr
Nyu York, AQSH
Kasbi Bastakor
Skripkachi
Dirijor
Oʻqituvchi

Mixail Orest Gayvoronskiy (Mixailo Orest Gayvoronskiy) (ukraincha: Михайло Орест Гайворонський) (1892-yil 15-sentyabr – 1949-yil 11-sentyabr) – ukrainalik bastakor, musiqachi, dirijyor, oʻqituvchi, skripkachi va tanqidchi.

Mixail Gayvoronskiy 1892-yil 15-sentyabrda Podolsk viloyatidagi Zalishiki shahrida tugʻilgan. 1912-yilda Zalishiki seminariyasini tugatgandan soʻng, Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutiga oʻqishga kirgan. Birinchi jahon urushi boshida Gayvoronskiy Galich milliy mustaqillik harakatida qatnashgan. Koʻplab orkestrlarning tashkilotchisi, dirijyori va nazoratchisi boʻlgan. 1920-yillarning boshlarida Mixail musiqiy hayotda faol ishtirok etgan. Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutida dars bergan, qizlar gimnaziyasida musiqa oʻqituvchisi boʻlgan va birlashgan bayanchi va banduristlar xoriga dirijyorlik qilgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yilda M. Gayvoronskiy AQShga Nyu York shahriga koʻchib oʻtgan. Bu yerda 1924-yilda musiqa konservatoriyasiga asos solgan va Kolumbiya universitetida maʼruza qilgan. Keyinchalik 1936-yilgacha oʻzi boshqargan Ukraina cholgʻu orkestrini tashkil qilgan. Gayvoronskiy, shuningdek, yetti cherkov xori qoʻshiqchilari bilan qoʻshma xor tashkil qilib, unga dirijyorlik qilgan. Ular bilan 1932-yildan 1936-yilgacha oʻz asarlaridan katta kontsertlar bergan. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, bastakor musiqa yozish va Amerikadagi ukrainalik yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga koʻproq eʼtibor qaratgan. Gayvoronskiy 1949-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.

Wytwycky W. Maykl O. Hayvoronsky – Life and work NY, 1954