Kontent qismiga oʻtish

Mixail Kolyada

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mixail Kolyada
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Mixail Kolyada
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 167
Murabbiyi Aleksey Mishin
Tatyana Prokofyeva
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 274,37
Qisqa dastur 100,49
Erkin dastur 181,25

Mixail Sergeyevich Kolyada (ruscha: Михаи́л Серге́евич Коляда́; 1995-yil 18-fevral, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi jamoaviy Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori. Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2018), Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sohibi (2017, 2018), Gran-pri finalining bronza medali sovrindori (2017), Rossiyaning uch karra chempioni (2017, 2018, 2021) va uch karra vitse-chempioni (2016, 2019, 2022), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2021), oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni (2013). Mixail Kolyada Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1].

2022-yil 23-yanvarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[2] reytingida 20-oʻrinni egallagan.

Rossiyalik figurali uchuvchi Mixail Bratislavada yangi Olimpiya mavsumini boshlab[3] Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnirni oltin medal bilan yakunladi. Oktyabr oyining boshida u Finlyandia Trophy Espoo musobaqasida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi[4]. Uch hafta oʻtgach, Mixail Gran-pri seriyasiga kirdi va erkin dasturda oldingi yutugʻini yaxshilab, bronza medalini qoʻlga kiritdi[5]. Ikki hafta oʻtgach, konkida uchuvchi Pekindagi Gran-pri seriyasining Xitoy bosqichida qatnashdi va u yerdagi qiyin kurashdan soʻng gʻolib boʻldi[6]. Shu bilan birga, Mixail qisqa dastur boʻyicha oldingi natijasini yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Bu natija unga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Nagoyadagi finalda sportchi yaxshi chiqish qilib, uchinchi oʻrinni egalladi[7]. Mixail umumiy natijadagi avvalgi yutugʻlarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi.

2018-yilgi Jahon chempionatida (chapdan oʻngga): Shoma Uno, Natan Chen, Mixail Kolyada

Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Mixail ishonchli va muvaffaqiyatli chiqish qilib, ikkinchi marta chempion boʻldi[8]. Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Mixail Kolyada bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yili Mixail Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va bu ishtiroki unga uchinchi marta Rossiya chempioni unvonini olishga imkon berdi[9]. Gʻalaba sportchiga 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etdi.

Stokgolmdagi jahon chempionatidagi chiqishlarda kutilgandek yahshi natija boʻlmadi va Mixail beshinchi oʻrinni egalladi[10].

Mixail 2022-yil Yanvar oyida Yevropa chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jarohati tufayli musobaqani tark etdi va uning oʻrniga ushbu musobaqada Andrey Mozalyov ishtirok etdi[11].

Musobaqa[12] 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 21/22 22/23
Xalqaro yakka
Qishki Olimpiya oʻyinlari 8
Jahon chempionatlari 4 8 3 6 5
Yevropa chempionati 5 3 3 5
Gran-pri finali 3 C
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 5
Gran-pri bosqichlari: Cup of China 1
Gran-pri bosqichlari Helsinki 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada
Gran-pri bosqichlari: Italiya 2
Memorial Nepala 2 1 1
Finlandia Trophy 4 4 1 2
Challenge Cup 1
Tallink Hotels Cup 1
Ice Star 1
Team Challenge Cup 2
Xalqaro
Rossiya chempionati 7 2 1 1 2 1 2
Rossiya Kubogi Finali 1 J. 4
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich 1
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich 1
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich 2 2 1
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich 9 J. 1 J. 2
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich 1 J. 1

J-oʻsmirlar darajasi

  1. „Наградные приказы — Министерство спорта Российской Федерации“ (ruscha). www.minsport.gov.ru. Qaraldi: 13-fevral 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. „ISU World Standings 2021/2022 Men“ (inglizcha). ИСУ (23-yanvar 2022-yil). 30-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  3. „Мемориал Непелы. Коляда выиграл, Воронов — второй, Самарин — пятый.“. 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
  4. „Finlandia Trophy. Цзинь выиграл, Коляда — четвёртый.“. 8-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2017-yil.
  5. „Rostelecom Cup: Чен выиграл, Ханю — 2-й, Коляда — третий, Алиев — шестой.“. 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2017-yil.
  6. „Cup of China: Коляда одержал итоговую победу, Цзинь — второй, Аарон — третий.“. 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  7. „Финал Гран-при: Чен одержал победу, Уно — второй, Коляда — третий, Воронов — четвёртый.“. 26-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2018-yil.
  8. „Чемпионат России: Коляда одержал победу, Самарин — второй, Алиев — третий, Воронов — четвёртый.“. 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  9. „⚡Коляда выиграл чемпионат России по фигурному катанию, Игнатов – 2-й, Кондратюк – 3-й“. Sports.ru. 3-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Михаил Коляда. Произвольная программа. Мужчины. Чемпионат мира по фигурному катанию 2021“ (ruscha). 8-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  11. „Коляда из-за травмы снялся с чемпионата Европы по фигурному катанию. Его заменит Мозалев“ (ruscha). Sports.ru (9-yanvar 2022-yil). 26-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2022-yil.
  12. „Competition Results: Mikhail KOLYADA“ (inglizcha). ISU Results. 2020-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.