Mixail Vinogradov
Mixail Klimentiyevich Vinogradov | |
---|---|
Tavalludi |
28-yanvar 1944-yil Navasadi, Chashnitskiy tumani, SSSR |
Vafoti |
29-oktyabr 2020-yil (76 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR → Belarus |
Kasbi | arxitektor |
Taʼlimi | Belorussiya politexnika instituti |
Mixail Klimentiyevich Vinogradov (1944-yil 28-yanvar, Vitebsk viloyati, Chashnitskiy tumani, Navasadi qishlogʻi – 2020-yil 29-oktyabr[1][2]) – belarus meʼmori. Ikki marta Belarus Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2004, 2008). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan arxitektor (2018).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Klimentiyevich Vinogradov 1944-yil 28-yanvarda tugʻilgan. U harbiy uchuvchi boʻlishga harakat qilgan, lekin sogʻligi sabab bundan voz kechishga toʻgʻri kelgan. 1961-yildan Minsk avtomat liniyalari zavodida birinchi va ikkinchi toifali tokarchi boʻlib ishlagan. 1964-yilda u Belorussiya politexnika instituti qurilish fakultetining kunduzgi arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirdi[3]. 1967-yildan 92-sonli harbiy loyihada texnik-arxitektor, „Belkaproyekt“ institutida muhandis-arxitektor lavozimlarida ishlagan. 1968-yilda BPIni tugatgan (arxitektura fanlari oʻqituvchilari: A.P.Voinov, N.M.Maklyatsova, Y.V.Spit).
Oʻqishni tamomlagach, zilziladan zararlangan Toshkent shahriga boradi. Toshkentdagi „Toshdipragar“ institutiga (meʼmor, katta arxitektor, guruh rahbari) ishga kiradi.
1972-yilda u Belorussiyaga qaytib keldi va „Belgorzproyekt“ institutida ishladi (katta arxitektor, guruh rahbari, bosh loyiha meʼmori). 1979-yildan Minsk shahar ijroiya qoʻmitasi Bosh arxitektura va rejalashtirish boshqarmasining loyihalarni muvofiqlashtirish boʻlimi va shaharsozlik kengashi boshligʻi, 1981-yildan „Belgovsproyekt“ institutida loyihalar bosh meʼmori, 1986-yildan „Minskproyekt“ institutida loyihalar bosh arxitektori, 1998-yildan beri „Arxitektor M.K.Vinogradov ijodiy ustaxonasi“ xususiy unitar korxonasi loyihasi direktori (Starozhovskaya koʻchasi, 8-74/a) boʻldi.
1974-yildan Belarus arxitektorlar uyushmasi aʼzosi. Umrini oxirigacha Minskda yashagan.
Loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toshkentda Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi (1970-yil, R.Ulkin, B.Suladze, N.Legostayeva bilan hammualliflikda)
- Navoiy koʻchasidagi eksperimental turar-joy binosi
- Belarus davlat universitetining tabiatshunoslik fakultet binosi
- Sankt-Peterburgdagi „Belgazprombank“ binolari majmuasi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arxitektorning ukasi Ivan Klimentiyevich Vinogradov. Valentina Stepanovna bilan turmush qurgan. Oʻgʻlining ismi Yaroslav, u ham meʼmor[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „minsknews.by“. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
- ↑ „Вінаградаў Міхаіл Кліменцьевіч“. www.bis.nlb.by. Qaraldi: 2-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Памёр архітэктар Міхаіл Вінаградаў — адзін з аўтараў Нацыянальнай бібліятэкі і мінскага чыгуначнага вакзала“. www.zviazda.by. Qaraldi: 2-noyabr 2023-yil.
- ↑ ВСЕ ИЛИ НИЧЕГО — ФИЛОСОФИЯ ЛИДЕРА МИХАИЛА ВИНОГРАДОВА