Kontent qismiga oʻtish

Mixail astragali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mixail astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yurak o‘simliklat
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus michaelis

Mixail astragali (lotincha: Astragalus michaelis) – ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol va Piskom togʻ tizmalarida tarqalgan[1].

Balandligi 15-40 sm gacha yetadigan koʻp yillik gulli oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Hayotiy shakli yarimbuta. Poyasi yogʻon, sershox, sirti toʻq kulrang tusda. Gulpoyasi zich roʻvaksimon. Bargi murakkab toq patsimon, poyada navbatma-navbat joylashgan, uzunligi 5-11 sm, bandi juda qisqa. Bargchalari 10-13 juft, uzunchoq tasmasimon yoki choʻziq, uzunligi 5-8 mm, kengligi 1-1,5 mm, ikki tomoni siyrak tuk bilan qoplangan. To‘pguli choʻziq, gʻovaksimon, 5-8 ta guldan iborat. Gultojibarglari och pushti tusda, uzunligi 15-18 mm. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun iyul oylarida gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Mevasi quruq dukkak meva. Dukkagi 17-22 mm, qoramtir, uzun tumshuqchasimon. Urug‘ining uzunligi 4 mm, eni 1,8 mm, sargʻish qoʻngʻir tusda. Urugʻi yordamida koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam uchraydi. Toshkent viloyati Chatqol va Piskom togʻ tizmalarida tarqalgan. Qoyalarda toshli shagʻalli, mayda zarrali tuproqlarda, daryo boʻylarida, togʻlarning yuqori qismlarida, quyosh nuri tik tushmaydigan joylarda uchraydi. O‘simlik oʻsish joylarining oʻzlashtirilishi sababli areali qisqarib ketgan. Ugom chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Astragalus michaelis Boriss.“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.