Miyon Ishoq madrasasi
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Miyon Ishoq madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Miyon Ishoq madrasasi Mirkon guzarida joylashgan bo‘lib, 14 hujradan iborat bo‘lgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrda Movarounnahrda mujaddidiya-naqshbandiya sulukiga mansub hindistonlik shayxlar bir nechta bo‘lgan. Aksariyat hollarda ularning ismlarining oldiga „miyon“ so‘zi qo‘shib aytilgan. Bu ularning „alfisoniy“, yaʼni shayx Ahmad Sirhindiy izdoshlari yoki uning avlodlaridan biri ekanini ko‘rsatadi. Demak, Miyon Ishoqning ham mujaddidiy shayxlardan ekani maʼlum bo‘ladi. U madrasa bilan birga maktab ham qurdirgan. Vafot etgach madrasa yaqiniga dafn qilingan. Hozirda uning qabri tepasida tug‘i bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 336.