Kontent qismiga oʻtish

Moʻmin mirzo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Moʻmin mirzo, Muhammad Moʻmin Mirzo (1486—1497) — temuriy shahzoda. Badiuzzamonning oʻgʻli. Husayn Boyqaroning nevarasi. Aqlli, ziyrak va jasoratli boʻlgan. 11 yoshida Astrobodda otasi oʻrnida hokim etib saylangan. Mo'min Mirzo amakisi Muzaffar Husayn Mirzo Astrobodni undan tortib olmoq niyatida qoʻshin bilan kelayotganini otasi yuborgan maktub orqali bilgach, shoshilinch ravishda jangga hozirlanib, shahar tashqarisiga chiqib jang qilgan. Lekin, kuchlar teng boʻlmagani tufayli Mo'min Mirzo asirga olinib, Hirotga joʻnatilgan va Ixtiyoriddin qalʼasiga qamab qoʻyilgan. Husayn Boyqaroning xotini Xadicha begim oʻgʻli Muzaffar Mirzoning taxtni egallashida asosiy gʻov deb Mo'min Mirzoni bilardi. U vazir Nizomulmulk bilan kelishib, Husayn Boyqaroning qattiq mastligidan foydalanib, Mo'min Mirzo zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olgan.[1] O'ziga kelganidan keyin nima qilib qo'yganini anglagan Husayn Boyqaro zudlik bilan Mo'min Mirzo o'ldirilmasligi haqida farmon beradi. Lekin Mo'min Mirzo o'ldirib bo'lingan edi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil