Modlar sinxronizatsiyasi
Modalar sinxronizatsiyasi usuli orqali asllikni modulyatsiyalash usulidagiga qaraganda qisqaroq impulsli lazerlarni generatsiyalash mumkin. Bunda bir vaqtning oʻzida bir nechta modlardan foydalaniladi. Bir nechta modlar boʻlgan holda markaziy modga nisbatan ga siljigan signallarning yigʻindisi koʻrinishida tasvirlash mumkin[1]:
Qaralayotgan modlar soni aktiv muhitning kuchaytirish chizigʻi bilan chegaralangan. Tasodifiy faza esa bu yerda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Agar va boʻlsa, quyidagicha yozish mumkin:
Yaʼni amplitudasi modulyatsiyalangan signal hosil boʻladi.
Impuls davomiyligi orqali aniqlanadi. Impulslar orasidagi masofa esa dan topiladi.
Muhit | , sm-1 | |
---|---|---|
Nd:YAG | 5 | 5 ps |
Nd:shisha | 100 | 0.1 ps |
Ti:sapfir | 1000 | 10 fs |
Modalar sinxronizatsiyasi ham asllikni modulyatsiyalash kabi ikki xil boʻlishi mumkin, yaʼni aktiv va passiv. Buni amalga oshirishning bir necha yoʻllari mavjud:
Elektro-optik modulyator (aktiv sinxronizatsiya)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu kabi sistemalarda Pokkels yacheykasidan foydalaniladi. Natijada generatsyalanayotgan signal amplitudasining garmonik modulyatsiyasi roʻy beradi. Bu usul amalga oshirish ancha qiyin usullardan biri. Chunki, modalar sinxronizatsiyalanganda, foydali impulsdan tashqari signalga xalaqit beruvchi shovqin impulslari ham sinxronizatsiyalanib, koʻpayadi. Buni bartaraf qilish uchun impulsli modulyatsiyadan foydalaniladi[2].
Yacheykaning oʻzini ham juda kichik oʻlchamlarda tayyorlash kerak. Masalan, pikosekund impulslarni hosil qilish uchun uning qalinligi boʻlishi kerak.
Akusto-optik modulyator (aktiv sinxronizatsiya)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu usul bilan modlarni sinxronizatsiyalashda akustik toʻlqinni modlar aro tebranish chastotasiga moslab oʻzgartirish kerak.
Toʻyinuvchan yutgich usuli (passiv sinxronizatsiya)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu usulni qoʻllash uchun yutgich modda juda keng yutilish polosasiga ega boʻlishi kerak. Yaʼni, ushbu modda keng toʻlqinlar diapazonidagi nurlanishlarni yuta olishi lozim.
Amaliyotda ushbu usullardan tashqari Kerr yacheykalari ham qoʻllanadi. Bu usulda rezonatorga nochiziqli xossaga ega boʻlgan kristall joylashtiriladi. Unda sindirish koʻrsatkichining qiymati tushayotgan nurlanish intensivligiga bogʻliq boʻlib qoladi va nurlanishning oʻzini oʻzi fokuslashi roʻy beradi. Natijada nur dastasining diametri kichrayib, tor diafragmadan oʻtadi[3].
Shuningdek qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi garmonika generatsiyasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O.Svelto, Principles of lasers, Springer, 2010
- ↑ Guo F., Schlesinger T. E., Stancil D. D. Optical field study of near-field optical recording with a solid immersion lens // Appl. Optics. – 2000. – Vol. 39, No 2. – R. 324-332.
- ↑ Petrov V. V., Shanoylo S. M., Kryuchin A. A., Kozheshcurt V. I., Tokar A. P., Zymenko V. I. Optical immersion as a new way to increase information recording density // Proc. SPIE. – 1991. – Vol. 1831. – P. 2-12.