Kontent qismiga oʻtish

Modulyator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Modulyator (radiotexnika va aloqada) — modulyasiyalovchi qurilma (qarang Modulyasiya). Asosan, elektr aloqa va radioeshittirishdagi uzatuvchi qurilmalarning tarkibiy kismi. M.da = 104— 1015 gs chastotali toʻlqinlar yoki garmonik tebranishlar axborot eltuvchi hisoblanadi. Garmonik tebranishlar yoki toʻlqinlarning qanday parametri oʻzgartirilishiga qarab, tebranishlar modu-lyasiyasi amplitudali, chastotali, fazali yoki aralash xillarga boʻlinadi. M.lar ham shunga yarasha har xil boʻladi. Har qanday M.ning asosiy kismi — boshqaruvchi element (tranzistor, elektron lampa, klistron va boshqalar); uning yordamida signal modulyasiyalanadigan tebranishlar yoki toʻlqinlarga taʼsir qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil