Kontent qismiga oʻtish

Molchanov to‘garakboshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Molchanov to‘garakboshi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Oila: Agamasimonlar
Urugʻ: Phrynocephalus
Turlari: Molchanov to‘garakboshi
Xalqaro ilmiy nomi
Phrynocephalus moltschanowi Nikolsky, 1913

Molchanov to‘garakboshi ( lotincha: Phrynocephalus moltschanowi) — kaltakesaklar turkumiga mansub toshkaltakesaklar (Agamidae) turkumining bir turi. Ko‘pgina mualliflar to‘garakboshi-gajak-dumli (Phrynocephalus guttatus) ning kichik turi sifatida qayraydilar, turning mustaqilligi mitoxondriyal DNKning birlamchi ketma-ketligi bilan asoslanadi. Bu tur nomi rus ornitologi Lev Aleksandrovich Molchanov (1878-1962) sharafiga berilgan.

Umumiy uzunligi 6-7 sm.Tanasi sezilarli darajada tekis, bo‘yni yaxshi ifodalagan, dumi nisbatan uzun. Tumshug‘i egilgan (yuqoridan qaralganda burun teshiklari ko‘rinadi). Yuqori tanasi umurtqa pog‘onasi bo‘ylab biroz kattalashgan bir xil silliq tangachalar bilan qoplangan. Boshining orqa tomonidagi tangachalari orqa beliga qaraganda ko‘p emas. Oyoq-qo‘llarining tangachalari asosan silliq, pastki oyoqning ichki tomonidagi tangachalarida qovurg‘alar yo‘q.

Tananing ustki qismining rangi och kulrang, bilinar-bilinmas sariq tusga ega. Orqa tomonda ikki uzunlamasına qator tartibsiz qora dog‘lar mavjud bo‘lib, ular katta toshkaltakesaklarda sust ifodalangan va ba’zan butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Quyruqning pastki qismida 4-5 ta qora ko‘ndalang chiziqlari, dumining uchi qora rangda. Orqa tarafida yorqin rangli dog‘lar uchramaydi.

Tarqalishi va hayot tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston endemiki. U janubiy Orolbo‘yida, Amudaryoning qadimgi deltasi – Qoraqalpog‘istonning o‘rmon-tuproqli cho‘l tekisligi hududida yashaydi.

Tipik sklerobiont, qattiq tuproqda yashaydi. Ko‘proq taqir va o‘simliklari kam sho‘rxoklarda uchraydi. May va iyun oyi boshlarida sutkaning yorug‘ vaqtida, soat 8 dan 20 gacha faol hayot kechiradi. O‘zining uncha chuqur bo‘lmagan inida jon saqlaydi. Kunning issiq paytida va tunda butalar ostiga yashirinadi. May-iyun oylarida juftlashadi. Ikki va uchtadan tuxum qo‘yadi. Mavsum davomida ikki marta tuxum qo‘yishi mumkin.

Hayotining birinchi yili oxiriga qadar jinsiy voyaga yetadi. Hasharotlar, asosan, chumolilar va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorva mollarining haddan ziyod ko‘p boqilishi oqibatida yashash joylarining tanazzulga uchrashi.

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarqalish holatini batafsil aniqlash, ekologiyasini o‘rganish, turning yashash joylarida muhofazasini tashkil etish zarur.

  1. The Reptile Database: Phrynocephalus guttatus (англ.)
  2. Solovyeva E. N., Poyarkov N. A., Dunayev E. A., Nazarov R. A., Lebedev V. S., Bannikova A. A. Phylogenetic relationships and subgeneric taxonomy of toad-headed agamas Phrynocephalus (Reptilia, Squamata, Agamidae) as determined by mitochondrial DNA sequencing // Doklady Biological Sciences. — 2014. — Vol. 455. — P. 119—124. — doi:10.1134/S0012496614020148.
  3. Beolens B., Watkins M., Grayson M. The Eponym Dictionary of Reptiles. — JHU Press, 2011. — P. 182. — 296 p. — ISBN 978-1-421-40135-5.
  4. ↑ Перейти обратно:1 2 3 4 Круглоголовка Молчанова. Ассоциация «Экосистема». Дата обращения: 26 июня 2020. Архивировано 28 июня 2020 года.
  5. Ananjeva N. B., Tuniyev B. S. Historical biogeography of the Phrynocephalus species of the USSR // Asiatic Herpetological Research. — 1992. — Vol. 4. — P. 76—98.
  6. ↑ Перейти обратно:1 2 Ананьева Н. Б., Орлов Н. Л., Халиков Р. Г., Даревский И. С., Рябов С. А., Барабанов А. В. Атлас пресмыкающихся Северной Евразии (таксономическое разнообразие, географическое распространение и природоохранный статус). — СПб.: Зоологический институт РАН, 2004. — С. 60. — 232 с. — ISBN 5-98092-007-2.
  • Семенов Д. В., Шенброт Г. И. О видовой самостоятельности круглоголовки Молчанова — Phrynocephalus moltschanovi (Reptilia; Agamidae) // Зоологический журнал. — 1982. — Т. 61, № 8. — С. 1194—1204.