Kontent qismiga oʻtish

Molik Dinor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Molik Dinor“Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf namoyandasi. Hasan Basriyning shogirdi. Otasi – Dinor qullardan boʻlgan. Molik Dinor qullikdan bolaligidayoq ozod qilingan. Taqvo va zuhdda benazir boʻlgan. “Kashf ul-mahjub”da keltirilishicha, Molik Dinor amalning asosini ixlosda, deb hisoblagan.

Alisher Navoiy ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Tazkirat ul-avliyo” asosida yozib, kiritgan[1][2].

  1. Nasoyim ul-muhabbat. 
  2. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.